Fabio Kannavaro Italiya futbolidagi hozirgi muammo haqida fikr bildirdi
17 dek 08:50
Yangiliklar
Fabio Kannavaro Italiya futbolidagi hozirgi muammo haqida fikr bildirdi
O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Italiya futbolidagi hozirgi muammolar haqida o'z fikrini bildirdi.
"Chempionatlarda italiyalik futbolchilardan kam foydalanilmoqda, undan ham kamroq esa yosh futbolchilarga imkon berilmoqda. Bu esa milliy terma jamoaning zarariga ishlamoqda. Biz 2006 yilgi JCHda g'alaba qozonishimizdan oldin chempionatimizda juda kuchli italiyalik futbolchilarning raqobatini kuzatkanmiz.
Hozirgi vaqtda yoshlarga futbolda texnikani emas, taktikani o'rgatish birinchi o'ringa chiqib oldi. Futbolga kirayotgan yosh odam qurilishi kerak bo'lgan uyga o'xshaydi: poydevor taktika emas, balki texnika bo'lishi kerak. Hozirda Gasperinining usullari bilan yosh futbolchilarni yaxshiroq rivojlantirish mumkin", deb fikr bildirgan terma jamoamiz ustozi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar