Flik "Barselona" haqidagi malumotlarni matbuotga sizdirayotgan futbolchini qo'lga tushirdi
17 dek 20:46
Yangiliklar
Flik "Barselona" haqidagi malumotlarni matbuotga sizdirayotgan futbolchini qo'lga tushirdi
Murabbiy jamoaning ichki sirini ommaga olib chiqayotgan futbolchini aniqladi.
Kataloniyaning "Barselona" jamoasi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik kecha jamoaga oid maxfiy malumotlarni matbuotga etkazayotgan o'yinchini aniqladi. Bu haqda COPE onlayn nashri muxbiri Viktor Navarro X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi. Navarro na futbolchining ismini, na oshkor etilgan malumotlar tafsilotlarini malum qildi. Lekin hozirda Flik bu ishni kim qilganini bilib olgan. Uning nomini ommaga ochiqlash biroz noto'g'ri bo'lishi qayd etilgan.
"Barselona" La Liganing 17-turi yakuniga ko'ra Ispaniya chempionatida peshqadamlik qilmoqda va eng yaqin raqibi "Real"dan to'rt ochko oldinda turibdi.
Ichki chempionatning navbatdagi o'yinida ko'k-anorranglilar safarda "Vilyarreal" bilan to'qnashadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar