"Maksfild Taun"ning 21 yoshli futbolchisi YTHda halok bo'ldi
17 dek 21:58
Yangiliklar
"Maksfild Taun"ning 21 yoshli futbolchisi YTHda halok bo'ldi
Bu haqda jamoa matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog'ida malum qildi. Futbolchi seshanba kuni "Bedford Taun"ga qarshi o'yindan so'ng uyiga qaytayotganda YTHga uchragan.
"Itan asosiy jamoamizning g'oyat istedodli va hurmatga sazovor azosi bo'lib, uning butun umri oldinda edi. U kim bilan muloqot qilmasin, barchasini o'ziga rom etardi. Itan bizni maydon ichida ham, tashqarisida ham yaxshiroq bo'lishga undardi, o'z ishiga butunlay berilib ketardi. Uning kasbiy mahorati va mustahkam mehnat axloqi hammani ilhomlantirar, hayotsevarlik tuyg'usi esa eng qora kunlarda ham yuzimizga tabassum keltirardi.
Itan qalbimiz va xotiramizda mangu qoladi, kelajakda bizni nima kutayotgan bo'lmasin, uning barchamizni maftun etgan betakror tabassumi hech qachon unutilmaydi. Ushbu og'ir damlarda Itanning oila azolari va do'stlariga chuqur hamdardlik bildiramiz hamda yordamga muhtoj bo'lganlarga qo'limizdan kelgan barcha ko'makni ko'rsatishimizni takidlaymiz," - deyiladi klub bayonotida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar