38 yoshli Suares "Inter Mayami" bilan shartnomasini bir yilga uzaytirdi
17 dek 2025 21:29
Yangiliklar
38 yoshli Suares "Inter Mayami" bilan shartnomasini bir yilga uzaytirdi
Luis Suares "Inter Mayami" bilan shartnomasini uzaytirdi.
"Inter Mayami" hujumchi Luis Suares bilan MLSda 2026 yil mavsumi oxirigacha yangi shartnoma imzolaganini elon qildi. 38 yoshli futbolchining avvalgi shartnomasi mavsum yakunida tugagan edi.
2025 yilda Suares barcha turnirlarda 50 ta o'yin o'tkazib, 17 ta gol urdi va 17 ta golli uzatma berdi.
Umuman olganda, 2024 yildan beri urugvaylik futbolchi "Inter Mayami" safida barcha musobaqalarda 87 ta o'yinda ishtirok etib, 42 ta gol urdi va 30 ta golli uzatma berdi - bu klubning tarixidagi ikkinchi eng yaxshi natija hisoblanadi.
Oldinroq xabar qilinganidek, 2026 yilgi mavsum futbolchi uchun Amerika klubidagi so'nggi mavsum bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид". Ҳусанов жавоб ўйинини бошланғич таркибда бошлайди!
Fikrlar