Eshitdik-da! "Sho'rtan" bosh murabbiyi lavozimini tark etdi
05 may 2025 16:25
Yangiliklar
Eshitdik-da! "Sho'rtan" bosh murabbiyi lavozimini tark etdi
"Sho'rtan" bosh murabbiyi Anvar Berdiev G'uzor klubi bilan xayrlashdi.
Championat.asia malumotlariga ko'ra, "Sho'rtan" ustozi Anvar Berdiev futbolchilar bilan xayrlashgan.
Berdiev 2023 yil 28 apreldan buyon jamoa bosh murabbiyi sifatida ishlab kelayotgandi.
"Sho'rtan" kecha 7 yillik tanaffusdan so'ng G'uzorda Superliga uchrashuvini o'tkazdi va "Dinamo"dan 1:3 hisobida engilgan edi.
Malumot o'rnida, "Sho'rtan" 8 turda umuman g'alaba qozonmadi va 1 ochko bilan oxirgi o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Fikrlar