Eronda nima gaplar? Yusupovda navbatdagi "quruq o'yin", Masharipov to'liq o'ynadi
27 dek 2024 12:51
Yangiliklar
Eronda nima gaplar? Yusupovda navbatdagi "quruq o'yin", Masharipov to'liq o'ynadi
Terma jamoamiz darvozaboni O'tkir Yusupov va "Fulad" safarda "Istiqlol Xuzeston" mehmoni bo'ldi. Uchrashuv 0:0 hisobida yakuniga etdi.
Yana bir hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov esa "Istiqlol" bilan birga "CHadormalu" mehmoni bo'ldi. Mazkur bahsni Jaloliddin to'liq maydonda o'tkazdi. 72-daqiqada "Istiqlol" vakili Alirizo Kushki penaltidan unumli foydalana olmadi va uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi. Mazkur o'yinlardan keyin "Fulad" 25 ochko bilan 3-o'rinda, "Istiqlol" esa 17 ochko bilan 9-pog'onada bormoqda.
Eron chempionati
14-tur, 26.12.2024
"Istiqlol Xuzeston" - "Fulad" 0:0
"Fulad": 1.O'tkir Yusupov, 2.Mojtaba Najjarian (M.Kazemi, 46), 3.Sasan Ansari (s) (E.pahlevan, 65), 5.Mussa Kulibali, 6.Ali Nemati, 7.Muhammad Muhammadi (M.Asqari, 65), 17.Amir Sarabadani, 23.S.Tavakoli, 27.Ali Arabi, 79.Sina Asadbeigi, 92.CHimba Lusiano (A.Qosiminajod, 85).

"CHadormalu" - "Istiqlol" 0:0
Amalga oshirilmagan penalti: A.Kushki 72 ("Istiqlol")
"Istiqlol": 1.Sayid Hussayin Hussayni, 6.I.Salimi, 10.Ramin Rizoyan (15.Abulfazl Zamoni, 90+1), 18.Milad Zakipur (19.Gustavo Blanko, 90+1), 20.Alirizo Kushki, 21.Gael Kakuta (99.Amirali Sadeg'i, 72), 22.Dide Ndong, 33.Abulfazl Jaloli, 55.Rafael da Silva, 77.Jaloliddin Masharipov, 88.Arash Rizavand (70.M.Bahrominajod, 90+1).


O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar