"Dinamo" OCHL 1/8 finalida o'ynaydigan Saudiya Arabistoni klubi bilan durang o'ynadi
26 jan 2024 19:53
Yangiliklar
"Dinamo" OCHL 1/8 finalida o'ynaydigan Saudiya Arabistoni klubi bilan durang o'ynadi
Bu safargi o'rtoqlik bahsida Vadim Abramov shogirdlari Saudiya Arabistonining "Al-Fayha" klubiga qarshi maydonga tushdi. OCHLda «Paxtakor»ni 4:1 hisobida mag'lub etib, 1/8 final yo'llanmasini qo'lga kiritgan Saudiya klubi tayyorgarlik doirasida Samarqand jamoasiga qarshi o'yin o'tkazdi.
Abu-Dabidagi o'yinda Saudiya klubi 6-daqiqada Navaf Al-Hartining goli evaziga hisobni ochgan bo'lsa, 15-daqiqada "Dinamo" yarim himoyachisi Sanjar SHoahmedov Farruh Ikromovning uzatmasidan keyin o'z goli bilan hisobni tenglashtirdi – 1:1.
Ikkinchi bo'limning 84-daqiqasida saudiyaliklar hisobda yana oldinga chiqib olgan bo'lsa, oradan ikki daqiqa o'tib Komil SHarofutdinov "Dinamo" hujumini gol bilan yakunladi – 2:2.
Qiziqarli o'tgan bahsda "Dinamo" klubi Osiyo CHempionlar ligasi nimchorak final ishtirokchisi bilan durang o'ynadi.
O'rtoqlik o'yini. 26 yanvar
Abu-Dabi, «Elite Club» stadioni
"Al-Fayha" (Saudiya Arabistoni) - "Dinamo" (O'zbekiston) – 2:2
Gollar: Navaf Al-Harti 6, Abdulhamid Sobiri 84 – Sanjar SHoahmedov 15, Komil SHarofutdinov 86.
"Dinamo": Ravshanbek Yagudin, Artyom Sokol, Odil Abdumajidov, Ulug'bek Abdullaev, Anvar Fayzullaev, Vladimir Kozak, Humoyunmirzo Iminov, Sanjar SHoahmedov, Francis Narx, Farrux Ikromov, Anvar Xojimirzaev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Salim Mustafoev, Dushan Miyich, Xislat Xalilov, Emmanuel Yagr, Vohidjon Oqbo'taev, Damir Temirov, Husniddin G'ofurov, Komil SHarofutdinov, Bahodir Nasimov, Xurshid Ubaydullaev, Javlon Malikov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar