"Dinamo" "Joel Kojo ishi" bo'yicha rasmiy munosabat bildirdi
19 sen 2024 14:57
Yangiliklar
"Dinamo" "Joel Kojo ishi" bo'yicha rasmiy munosabat bildirdi
"Dinamo" professional futbol klubi matbuot xizmati jamoa hujumchisi Joel Kojo bo'yicha Eron, Qirg'iziston va O'zbekistonning bir qator nashrlari, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar bo'yicha rasmiy munosabat bildirdi.
"Dinamo» PFK shuni malum qiladiki, darhaqiqat Erondagi transfer oynasining so'nggi kunida jamoamiz hujumchisi Joel Kojo bo'yicha Eronning «Istiqlol» klubidan rasmiy taklif tushdi. Ammo O'zbekiston Superligasida transfer oynasining allaqachon yopilgani, hozirda Joel Kojoning o'rnini to'ldirishning imkoni yo'qligi sababli "Dinamo" PFK fors klubining taklifini rad etdi.
Klub futbolchining ijtimoiy tarmoqlarda elon qilgan fikrlarini ichki tartibda ko'rib chiqadi va tegishli chora ko'radi" - deyiladi klub xabarida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar