Denis Korostichenko: "Yigitlar natija sabab ozroq qo'rquv bilan o'ynayapti"
16 sen 2024 19:33
Yangiliklar
Denis Korostichenko: "Yigitlar natija sabab ozroq qo'rquv bilan o'ynayapti"
- O'yin haqida
- Birinchi navbatda o'yindagi xarakter uchun yigitlarga minnatdorlik bildiraman. Ikkinchi bo'limda ko'rsatgan o'yinimiz bilan mag'lubiyatga loyiq emasdik. Ikkinchi bo'limda o'yinni nazorat qildik. Biroq, aytish joiz, birinchi bo'limda ozroq etiborsizlikka yo'l qo'ydik.

- Rasmiy o'yinlarda jamoa bilan birinchi g'alabani qo'lga kiritish uchun jamoaga nima etishmayapti?
- Mashg'ulotlarda jiddiy ishlayapmiz. Yigitlar harakat qilishayapti. Etishmayotgan jihat, mening fikrimcha, o'yindagi birinchi golni biz ura olmayapmiz. Gol urgandan so'ng motivaciya bo'ladi. O'rtoqlik o'yinlarida "Surxon"ni mag'lub etdik va bu yigitlarda anchayin ishtiyoqni qaytardi. Birinchi golni biz ursak, ishonch paydo bo'ladi. Yigitlar natija sabab ozroq xavotir bilan o'ynayapti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar