Dembele seshanba kuni jarrohlik stoliga yotadi. Usmon uchun mavsum yakunlandi
06 fev 2020 20:30
Yangiliklar
Dembele seshanba kuni jarrohlik stoliga yotadi. Usmon uchun mavsum yakunlandi
“Barselona” hujumchisi Usmon Dembele oyog'ining orqa son qismidan navbatdagi operaciyani boshidan o'tkazadi.
Dembele kataloniyaliklarning ushbu hafta o'tkazilgan mashg'ulotlarida tizza paylarini cho'zib olgan edi. As'ning manbasiga ko'ra, franciyalik forvard kelayotgan seshanba kuni Finlyandiyaga uchib ketadi va u erda jarrohlik stoliga yotadi.
Taxminiy hisob-kitoblarga bo'yicha 22 yoshli futbolchi 4 oyga yaqin muddatni o'tkazib yuboradi, bu esa uning uchun mavsum deyarli yakunlanganini anglatadi.
Avvalroq, “ko'k-anorranglilar”ning boshqa azosi Luis Suares ham o'ng oyoq tizzasidagi jarohati bois operaciya qilingan edi. Suaresning ham joriy yilning yozigacha maydonga tusha olmaslik ehtimoli juda yuqori.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar