Dembele PSJga o'tishdan bosh tortdi
29 avg 2019 00:12
Yangiliklar
Dembele PSJga o'tishdan bosh tortdi
"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele jamoasini tark etishni niyat qilmayapti.
"RMC Sport" xabariga ko'ra, klub uni Neymarni qaytarib olish yo'lida ishlatishi mumkin edi. Biroq futbolchi bunga rozi bo'lmayapti. Oldinroq uning agenti ham ushbu xabarni tasdiqlagandi.
"Barselona" esa yaqin vaqtlarda Neymar transferini elon qilishni rejalashtiryapti.
Dembele 2017 yilning avgustida 125 million evro evaziga “Borussiya”dan “Barselona”ga kelib qo'shilgandi. SHu vaqt oralig'ida u “Barsa” tarkibida 65 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 22 yoshli yarim himoyachining shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar amalda bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar