Dani Alves: "Sovrinlar kerakmi? Menga qo'ng'iroq qiling!"
20 iyu 2022 21:39
Yangiliklar
Dani Alves: "Sovrinlar kerakmi? Menga qo'ng'iroq qiling!"
Braziliyalik himoyachi Dani Alves professional faoliyatini yakunlamoqchi emasligini aytdi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Kataloniyaning "Barselona" klubi 39 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgandi.
Alves ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifasida barcha qo'lga kiritilgan sovrinlar tushirilgan suratni joylashtirdi va unga shunday izoh qoldirdi: “Kuboklar kerakmi? Menga qo'ng'iroq qiling". Eslatib o'tamiz, braziliyalik himoyachi futbol tarixidagi eng titulga boy o'yinchi hisoblanadi.
Avvalroq Alves sport direktori Ronaldu bo'lgan "Valyadolid"ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Dani Braziliya terma jamoasi safida JCH-2022da ishtirok etishni istaydi, shu sababli faoliyatini yana bir mavsum davom ettirishga qaror qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar