Kecha "Atletiko"ga gol urgan "Barselona" futbolchisi bu yil boshqa maydonga tushmaydi
03 dek 14:44
Yangiliklar
Kecha "Atletiko"ga gol urgan "Barselona" futbolchisi bu yil boshqa maydonga tushmaydi
"Barselona" yarim himoyachisi Dani Olmo elka jarohati sababli yil oxirigacha maydonga tusha olmaydi.
Olmo La Liga doirasida kecha bo'lib o'tgan "Atletiko"ga qarshi bahsda (3:1) jarohat oldi, u 65-daqiqada gol urgandan so'ng noqulay yiqilib tushdi. Ispaniyalik futbolchi o'yinni davom ettira olmadi, uning o'rniga maydonga Ferran Torres tushdi.
"As" va boshqa ispan nashrlarining malumotiga ko'ra, Olmoning elkasi chiqib ketgan – "Barselona" yarim himoyachisi kamida to'rt haftani o'tkazib yuborishi kutilmoqda. Shu tariqa, u 2025 yil oxiriga qadar maydonga tushmaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади
Месси жаҳон рекордини янгилади
Расмий хабар: Исломбек Исмоилов — "Нефтчи" бош мураббийи
Fikrlar