

Biz futbolchining fikrlari bilan qiziqdik.
"O'tgan mavsum davom etayotgan bir vaqtda "Paxtakor" klubi rasmiylari taklif bilan aloqaga chiqqan edi. U vaqtda huquqiy jihatdan "Bunyodkor"ga tegishliligim va mavsum davom etayotgani sababli aniq javob qaytarmagan edim. Mavsum yakunlangach ham avval "Bunyodkor" rahbariyatining taklifini kutdim. Sobiq jamoamdan yangi mavsum bo'yicha taklif va rejalar bo'lavermaganidan so'ng "Paxtakor" rasmiylari bilan jiddiy muzokaraga kirishdim. Yakunda o'zaro fikrlarimiz bir joydan chiqdi va men "Paxtakor" a'zosiga aylandim hamda klub bilan 2 yillik muddatga mo'ljallangan shartnomaga qo'l qo'ydim.
"Navbahor"dan taklif bo'lgani rost. Ammo men "Paxtakor"da o'ynashni xohladim. Albatta, yangi jamoamda raqobat kuchli, lekin raqobatdan aslo qo'rqmayman. O'ylaymanki, yangi jamoamda o'z o'rnimni topaman va g'alabalariga hissamni qo'shaman", - deya so'zini yakunladi Mirahmadov.
Ma'lumot uchun, Mirjahon Mirahmadov "Paxtakor"ga qarshi o'yinlarda "sherlar" darvozasini 4 marta ishg'ol qilgan.



