"Bunyodkor" Krestininning istefosini elon qildi
01 dek 2023 20:09
Yangiliklar
"Bunyodkor" Krestininning istefosini elon qildi
"Barchasi uchun rahmat Aleksandr Sergeevich!
«Bunyodkor» futbol klubi o'zaro kelishuvga ko'ra bosh murabbiy Aleksandr Krestinin va uning yordamchilari bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi.
Aytish kerak, «Bunyodkor» Aleksandr Sergeevich bilan ajoyib mavsumni o'tkazdi. CHempion «Paxtakor» va kumush medal sohibi «Nasaf» safarda mag'lubiyatga uchratildi. Toshkentda «Neftchi» «taslim» etildi.
«Bunyodkor» futbol klubi rossiyalik mutaxassis va uning yordamchilariga minnatdorchilik bildirgan holda murabbiylik faoliyatida omad tilaydi!", - deb yoziladi klub bayonotida.
Qayd etish kerak, "Bunyodkor" rossiyalik murabbiy qo'l ostida 14 o'yin o'tkazib, shularning 6tasida g'alaba qozondi. 5 marta mag'lub bo'lgan "qaldirg'ochlar" 3 bora durang qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar