Rasman: Rasul Yo'ldoshev - "Dinamo" futbolchisi
28 dek 11:21
Yangiliklar
Rasman: Rasul Yo'ldoshev - "Dinamo" futbolchisi
2026 yilgi mavsum oldidan selekciya ishlarini davom ettirayotgan "Dinamo" jamoasi navbatdagi futbolchi bilan shartnoma imzolaganini malum qiladi.
O'tgan mavsumlarni «Bunyodkor» safida o'tkazib, 130 ta o'yinda maydonga tushgan Rasul Yo'ldoshev "Dinamo" PFK bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Vadim Abramov qo'l ostidagi o'yinlari bilan tanilgan 25 yoshli yarim himoyachi O'zbekiston U21 va olimpiya jamoalarida ham to'p surgan. U o'tgan mavsum 27 o'yinda maydonga tushgan.
Ishonamizki, Rasul Yo'ldoshev Samarqanddagi faoliyati orqali "Dinamo" bilan yangi marralarni zabt eta oladi.
"Dinamo" oilasiga xush kelibsiz, Rasulbek!
Biografiya: Rasul Hamza o'g'li Yo'ldoshev
Tug'ilgan sanasi: 26 oktyabr, 2000 yil.
Tug'ilgan joyi: Samarqand viloyati, Narpay tumani
Ampluasi: Yarim himoyachi
To'p surgan klublari: OKMK (2019), «Bunyodkor» (2020-2025)", — deyiladi klub xabarida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
"Андижон"га яна бир тажрибали футболчи келмоқда
Fikrlar
Омад Динамо Самаркандга !