So’nggi yangiliklar

01:51Расман: Оле-Гуннар Сульшер истеъфога чиқарилди  1 01:30Отабек Боймуродов: "Ҳар бир рақиб учун алоҳида тайёрланамиз"  1 01:08Конференциялар лигаси саралаши. "Фиорентина"дан суперкамбэк!  0 00:49Ўзбекистон U23 термаси Осиё Кубоги саралаши учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:26"Истанбул Башакшеҳир" миссияни уддалай олмади  51 00:13"Манчестер Юнайтед"нинг асосий футболчиси "Челси"га ўтмоқда!  4 23:56Аёллар ўртасидаги ОЧЛ саралаши. "Севинч" "Ал Насср"ни бурчакдан урилган гол эвазига мағлуб қилди  1 23:33Диёр Холматов: "Европага кетишим шу йиғиндан кейин ҳал бўлади"  7 23:17"Кристал Пэлас" ўз тарихида илк марта еврокубокларда ўйнайди  0 22:50Маҳмуд Маҳамаджонов: "Янги жамоага кўникиш осон бўлди. Энди бор эътибор термага қаратилади"  0 22:19ЕЧЛ. "Реал" Қозоғистонга келади, "Қайрат" Милан ва Лондонга боради: қуръанинг барча натижалари билан танишинг  28 21:54Одил Ҳамробеков: "Ҳозирги мураббийимиз Тимур Кападзе. Унинг қўл остида CAFA турнирига тайёргарлик кўряпмиз"  2 21:17Ўзбекистон термаси йиғинни бошлади ГАЛЕРЕЯ  4 20:45Пол Паркер: "Онана дарвозабон эмас"  3 20:12"Динамо" ҳақ бўлиб чиқди: "Ҳакам қарори нотўғри!"  22

"Bunyodkor-2003" xalqaro turnir sovrindori, Umidbek esa eng yaxshi futbolchi Yangiliklar

"Bunyodkor-2003" xalqaro turnir sovrindori, Umidbek esa eng yaxshi futbolchi

Moskva shahrida 22-27 oktyabr kunlari futbol bo'yicha 2003 yilda tug'ilgan o'smirlar jamoalari o'rtasida “Eurasiancup” xalqaro turniri bo'lib o'tdi.

Ilk bor uyushtirilgan musobaqaning dastlabki bosqichida Rossiya, Belarus, O'zbekiston, Tojikiston, Qozog'iston, Xitoy, Suriya va Livan davlatlarining 16ta jamoasi to'rt guruhda bahs yuritdi.

Toshkent shahrining “Bunyodkor” futbol klubi akademiyasining “Bunyodkor-2003” jamoasi azolari “S” guruhida maydonga tushib, dastlab Rossiyaning “Rostov” futbol klubidagi tengdoshlarini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi. Ikkinchi uchrashuvda “Rotor” jamoasi 1:0 hisobida dog'da qoldirildi. Nihoyat, guruhning so'ngi uchrashuvida yosh futbolchilarimizLeningrad viloyati Gatchina shahriningSM “Leningradec” jamoasini yirik, 5:0 hisobida engishdi.

Vakillarimiz yarim finalda Qozog'istonning “Qayrat” jamoasi bilan ro'baro' kelishdi. Asosiy vaqtda 1:1 hisobida qayd etildi. Faqat penaltidan to'p tepish borasida futbolchilarimizga biroz omad etishmadi, 6:7. Natijada, “Bunyodkor-2003” xalqaro turnirning bronza medalini qo'lga kiritdi.

Finalda Belarusning RGUOR jamoasi “Qayrat”ni engib, musobaqa g'olibi bo'ldi. Qozog'istonlik futbolchilar ikkinchi o'ringa joylashdilar. Yana bir uchinchi o'rin “Orzu – 2026”(Tojikiston) jamoasiga nasib etdi.

Quvonarlisi yana shundaki, “Eurasiancup”ning yopilish marosimida turnirning “Eng yaxshi futbolchisi”ga atalgan sovrin “Bunyodkor-2003”ning umidli futbolchisi Umidbek Sultonovga topshirildi. Mubolag'a emas, mazkur etirof nafaqat uning, balki jamoaning barcha futbolchilari mahoratiga berilgan yuksak baho bo'ldi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика