So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  18 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  2 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Viktor Karpenko: "Jamoamiz futbol o'ynashni biladi" Yangiliklar

Viktor Karpenko: "Jamoamiz futbol o'ynashni biladi"

O'zbekiston Kubogi 1/4 finaldan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Buxoro" (2:4) uchrashuvidan so'ng "Buxoro" bosh murabbiyi Viktor Karpenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Juda quvnoq o'yin ko'rdik. Oltita gol urildi. Bir so'z bilan aytganda, Kubokka xos uchrashuv bo'ldi. O'yin muxlislarga yoqdi deb o'ylayman. "Bunyodkor" ham, biz ham faqat keyingi bosqichni ko'zlab maydonga chiqqandik. Lekin omad biz tomonda bo'ldi va g'alaba qozonib yarim finalga chiqdik.

- Bugun umuman boshqa "Buxoro"ni ko'rdik. Jamoangiz tinmay hujum uyushtirdi. Bunday ishtiyoq qaerdan paydo bo'ldi?

- Tarkibimiz yaxshi futbolchilardan tashkil topgan. Men o'yindan oldin jamoamizdagi o'yinchilarga Kubokda g'alaba qozonish yaxshi motivaciya berishini hamda futbolchilik faoliyatda hamma ham sovrin yuta olmasligini takidladim. Final sari ikki qadam qoldi va harakat qilsak bemalol o'zimizni ko'rsata olamiz. Futbolchilarimiz futbol o'ynashni biladi, faqat o'zlarini ishontira olishsa bas. Vaqt o'tishi bilan yanada kuchayib boramiz. "Bunyodkor"ning kuchli tomonlarini bilardik. Jamoa yosh va futbol o'ynashni yaxshi ko'radi.

- Azizbek Amonov bugun "Buxoro"dagi eng yaxshi o'yinini ko'rsatdi degan fikrdamiz. Siz bu borada nima deya olasiz? Uning sobiq jamoasiga qarshi to'p tepishi qo'shimcha kuch berdimi?

- Amonov avvalgi o'yinda ham yaxshi harakat qilgandi. Bugun esa yanada yaxshi o'yin ko'rsatdi. Amonov bejizga o'z vaqtida terma jamoaga chaqirilmagan. U futbol o'ynashni biladi. Unga ham o'z kuchiga bo'lgan ishonch kerak. Shunda yanayam yaxshi harakat qila oladi. Agar shunday to'p tepishda davom etsa, hali yana terma jamoaga chaqiriladi.

- Yarim finalda kim bilan duch kelishni xohlaysiz?

- Biz farqi yo'q, chunki yarim finalda kuchsiz raqib bo'lmaydi. Kim tushmasin, o'zimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. Balki boshqalarning "Buxoro"ga qarshi tushgisi kelar. Shunday bo'lsa ham mayli. Biz maydonga chiqib o'zimizning futbolni namoyish etamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика