So’nggi yangiliklar

23:30Эрон. "Истиқлол" илк турда "Трактор"ни мағлубиятга учратди  0 23:23Гарначо "Бавария"га йўқ деди. Футболчи "Челси"га ўтмоқчи  1 22:53Ла Лига. "Реал Мадрид" – "Осасуна". Таркиблар маълум, "Реал" юришини бошламоқда!  8 22:25"Наполи" "Жирона"дан 20 млнлик трансферни амалга оширди  0 21:45"Марсель" жанжалкашларни расман бадарға қилмоқда. Рабьога таклифлар бор  1 21:01ПФЛ Бергер тизимини бекор қилса, янги тақвимда тарихий омиллар ҳисобга олинадими?  7 20:51Моуринью мураббий сифатида ўсишига ёрдам берган футболчи ҳақида гапирди  9 20:25Мбаппе Доннарумманинг ПСЖдаги ҳолати ҳақида: "Бу оғир ва адолатсиз давр"  2 19:58Про лига. "Арал" "Олимпик-MobiUz" билан ўйинда ирода кўрсатди  3 19:36​"Челси" Стерлинг бўйича таклифларни кўриб чиқади  3 19:08"Ал Насср" бир киши кам бўлиб, "Ал Иттиҳод"ни мағлуб этди ва Саудия Арабистони Суперкубоги финалига чиқди  13 18:44Breaking! "Истанбул Башакшеҳир" Аббос Файзуллаев трансфери учун пул тўлади  15 18:33Легионер мураббий ва ҳужумчи, "Динамо" посбони, чиройли гол урган ҳимоячи — Суперлигада 19-турнинг энг яхшилари   5 18:19Суперлига 19-тур рамзий терма жамоаси  1 17:58Каррагернинг фикрича, АПЛ янги мавсумида "Ливерпуль" чемпион бўлади. Невилл талқинида эса "Арсенал"...  4

Bugun futbol. "Dinamo" - "Nasaf" Yangiliklar

Bugun futbol. "Dinamo" - "Nasaf"

Teglar :  NasafDinamo
Bugun oliy liganing 10-turidan o'rin olgan yana uchta bahs bo'lib o'tadi. SHulardan biri Samarqandda "Dinamo" Qarshining "Nasaf" klubini qabul qiladi. O'yin 17:30da boshlanadi.


Oliy liga. 10-tur. 13 may
Dinamo (Samarqand) – Nasaf (Qarshi)
Hakamlar:
I. Tantashev (Buxoro), H. SHodmonov (Buxoro), A. Qo'ldoshev (Buxoro), A. Lupashko (Toshkent)
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent).
O'zPFL vakili: A. Frolov.

O'yindan nima kutyapmiz? O'zbekistonning "Lesteri" bo'lishi kutilgan "Dinamo" mavsumni yaxshi boshladi-yu, keyinchalik mag'lubiyat va durangdan boshi chiqmay qoldi. Bugun bu jamoa o'z maydonida "Nasaf"ni qabul qiladi. Bizga malumki, Samarqandda kechgan mazkur jamoalar ishtirokidagi bahslar doim qiziqarli o'tgan. Umuman olganda, "Dinamo" maydonidan g'alaba bilan qaytish oson emas. Bugun ham qiziqarli bahs kechishi kutilmoqda. Imkoniyatlar borasida esa bir narsa deyish qiyin. Faqat shuni taxmin qilishimiz mumkin, uchrashuv kurashlarga boy tarzda kechadi.

Fakt: Bugun "Dinamo" o'z maydonida beshinchi uchrashuvni o'tkazadi. Avvalgi to'rt o'yinda samarqandliklar 7 ochko to'plashgan, ikki g'alaba, bir durang va bir mag'lubiyat. "Dinamo" o'z maydonida "SHo'rtan" va "Buxoro"dan ustun kelgan, "So'g'diyona" bilan durang o'ynagan holda "Navbahor"ga yutqazib qo'ygan. "Dinamo"ning o'z maydonidagi o'yinlarda to'plar nisbati 8-4.

Fakt: "Nasaf" boshqa klublarga nisbatan bitta kam o'yin o'tkazgan, chunki jamoaning "Bunyodkor" bilan o'yini nomalum muddatga qoldirilgan. "Nasaf" bugun safarda beshinchi bor maydonga tushadi. Qarshiliklar safardagi to'rtta o'yinning faqat bittasida zafar quchishgan. Ular 1-turda "Qo'qon-1912" maydonidan g'alaba bilan qaytishgandi. Keyinchalik "Nasaf" "Olmaliq" va "Lokomotiv" maydoniga safar uyushtirib kichik hisobda imkoniyatni boy berdi. "Qizilqum" bilan esa durang o'ynadi. "Nasaf"ning safar uchrashuvlarida to'plar nisbati 4-5.

Bilasizmi? "Dinamo" oxirgi uch o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti. Jamoa ikki bor durang qayd etgan bo'lsa, bir marta mag'lubiyatga uchradi.

Bilasizmi? "Nasaf" oxirgi uchta o'yinda mag'lub bo'lmadi. Jamoa hisobiga ikkita g'alaba va bir durang yozildi.

Samarqanddagi oxirgi uch o'yin:

31.10.2015
"Dinamo" - "Nasaf" -    1:1

03.08.2014
"Dinamo" - "Nasaf" -    0:5

17.08.2013
"Dinamo" - "Nasaf" - 1:3

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика