So’nggi yangiliklar

02:42А Серия. "Комо" "Рома"ни мағлуб этди, "Милан" эса муҳим ўйинда мағлубиятга учради  0 01:52Иброҳимҳалил Йўлдошев: "Кучли жамоа ютди. Янги мураббий келди ва тактикамиз ўзгарди"  3 01:44Стипе Перица: "Мавсумни соврин ва учта ғалаба билан бошлаш ёқимли"  1 01:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" – "Пахтакор" 1:0  0 01:16Ислом Исмоилов: "Мен ҳақимдаги ноўрин фикрларга меҳнатим ва натижа билан жавоб бераман"  18 01:09"Нефтчи" Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби! Тақдирлаш маросимидан эксклюзив ГАЛЕРЕЯ  2 01:04Фарруҳ Сайфиев: "Фарғона халқи учун биринчи Суперкубок"  1 00:43Ўзбекистон Суперлигаси: 4-тур учрашувларини бошқарадиган ҳакамлар маълум бўлди  1 00:10Ла Лига. "Барселона" — "Севилья" 5:2  5 23:55АПЛ. "Ливерпуль" "Тоттенхэм"га қарши ўйиннинг 90-дақиқасида тўп ўтказиб юбориб, ғалабани қўлдан чиқарди  24 23:03Мбаппе "Реал"нинг Чемпионлар Лигаси 1/8 финалидан ўрин олган "Манчестер Сити"га қарши жавоб ўйинида асосий таркибда майдонга тушмайди  14 22:51Камолиддин Тожиев: "Бугун бизнинг кунимиз эмас экан"  19 22:10Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди  80 21:57Фоденнинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақида маълумот берилди  2 21:15Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.  231

Legioner murabbiy va hujumchi, "Dinamo" posboni, chiroyli gol urgan himoyachi - Superligada 19-turning eng yaxshilari Yangiliklar

Legioner murabbiy va hujumchi, "Dinamo" posboni, chiroyli gol urgan himoyachi - Superligada 19-turning eng yaxshilari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 19-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 19-turning eng yaxshi darvozaboni – Edem Nemanov ("Dinamo")

"Dinamo" bu turda o'z maydonida Olmaliqning OKMK klubini qabul qildi va 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. Bu g'alaba qo'lga kiritilishida mezbonlar posboni Nemanovning hissasi katta bo'ldi. U uchrashuv mobaynida bir necha bor jamoasini muqarrar gollardan asrab qoldi. Tur darvozaboni bo'lish uchun "Qizilqum" posboni Sanjar Quvvatov va "So'g'diyona" vakili Milan Mitrovich ham kurashdi, ammo yakunda Edem Nemanov Championat.asia talqinida 19-turining eng yaxshi darvozaboni deya etirof etildi.


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 19-turning eng yaxshi murabbiyi – Vitaliy Levchenko ("Neftchi")

"Neftchi" bu tur Namanganda "Navbahor" mehmoni bo'ldi va 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. "Lochinlar" bu mavsum o'z maydonida hali hech kimga yutqazishmagan edi. O'tgan turda "Nasaf"ning mavsumdagi ilk mag'lubiyatiga sababchi bo'lgan Vitaliy Levchenko bu safar Namanganda g'alabaga erishib xeyterlarga javob berdi. Tur murabbiyi bo'lish uchun "Dinamo" va "Qizilqum" bosh murabbiylari ham davogarlik qilishdi. Biroq vodiy derbisidagi g'alaba toshi og'irroq bosdi. Shu tariqa, Vitaliy Levchenko Championat.asia talqiniga ko'ra turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. 


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 19-turning eng yaxshi futbolchisi – Matiya Krivokapich ("Bunyodkor")

"Bunyodkor" bu tur o'z maydonida "Buxoro"ni qabul qildi va 2:1 hisobida g'alabaga erishdi. "Bunyodkor"ga yozda kelib qo'shilgan legioner hujumchi Matiya Krivokapich dastlab gol urdi va so'nggi soniyalarda aynan uning to'p uzatishidan keyin sherigi g'alaba golini urdi. Tur futbolchisi bo'lish uchun Sharof Muhitdinov va  Hojiakbar Alijonov kurashdi, ammo legioner hujumchi yutib ketdi. Shu tariqa Matiya Krivokapich Championat.asia talqiniga ko'ra, 19-turning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. 


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 19-turning eng chiroyli goli muallifi – Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor")

"Paxtakor" bu tur o'z maydonida "So'g'diyona"ni qabul qildi va 2:0 hisobida zafar quchdi. 73-daqiqada Alijonovning chap oyoqda yo'llagan kuchli zarbasi Mitrovich qo'riqlayotgan darvozaning uzoq yuqori burchagiga kirib ketdi. Eng chiroyli gol muallifi bo'lish uchun Shahzod Rahmatullaev va Sherzod Nasrullaev ham davogar edi. Shunday qilib, Hojiakbar Alijonov Championat.asia sayti talqinida turning eng chiroyli gol muallifi deb topildi.





 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика