"Marsel" janjalkashlarni rasman badarg'a qilmoqda. Raboga takliflar bor
19 avg 21:45
Yangiliklar
"Marsel" janjalkashlarni rasman badarg'a qilmoqda. Raboga takliflar bor
Bugun malum bo'lishicha, "Marsel" Adrien Rabo va Jonatan Rou o'rtasidagi kelishmovchilikdan so'ng, ikkala futbolchini ham transferga qo'ygan. Klub bu haqda rasman malum qildi. Jamoa ichki muhitiga tasir o'tkazgan futbolchilar kechirilmadi. RMC Sport xabar berishicha, 30 yoshli Adrien Raboni qisqa muddatda sotish qiyin bo'lsa-da, unga yirik klublar, jumladan "Yuventus" va "Milan" qiziqish bildirmoqda.
Rabo 2019 yildan 2024 yilgacha "Yuventus" safida to'p surgan va erkin agent sifatida jamoadan ketgan.
2024/25-yilgi mavsumda yarimhimoyachi Liga 1da 29 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol urgan.
Eslatib o'tamiz, Liga 1'ning 1-turida "Renn"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (0:1) "Marsel" klubining kiyim almashtirish xonasida futbolchilar o'rtasida mushtlashuv kelib chiqqandi.
Hammasi Roudan boshlandi, u tanqiddan g'azablanib, Raboga shapaloq tushirmoqchi bo'ldi. Xodimlar ularni ajratishdan oldin futbolchilar bir-biriga zarba berishga ulgurdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar