Mbappe Donnarummaning PSJdagi holati haqida: "Bu og'ir va adolatsiz davr"
19 avg 20:25
Yangiliklar
Mbappe Donnarummaning PSJdagi holati haqida: "Bu og'ir va adolatsiz davr"
Madridning "Real" jamoasi hujumchisi, avvalroq PSJda o'ynagan Kilian Mbappe Parij klubida darvozabon Janluiji Donnarumma bilan yuzaga kelgan vaziyatga munosabat bildirdi.
"Bu og'ir va adolatsiz davr. Donnarummaga achinaman", – dedi Mbappe.
Donnarumma "Manchester Siti"ga o'tishga yaqin turibdi. "La Stampa" xabariga ko'ra, darvozabon Angliya klubida yiliga taxminan 12 million evro oladi. Shartnomada bonuslar ham mavjud. Ayni vaqtda PSJ darvozabon uchun 50 million evro so'ramoqda.
Donnarumma 2024/25 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 47 o'yinda 43 ta gol o'tkazib yubordi va 17 o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Uning shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar