Breaking. Lionel Messi boshqa klubga o'tishi mumkin. Buni "Barselona" prezidenti ham tasdiqladi
07 sen 2019 12:12
Yangiliklar
Breaking. Lionel Messi boshqa klubga o'tishi mumkin. Buni "Barselona" prezidenti ham tasdiqladi
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi faoliyatini Argentina chempionatida davom ettirishi mumkin.
TNT jurnalisti Martin Kastilyaning xabar qilishicha, 32 yoshli forvard keyingi mavsumda "Nyuells Old Boyz"ga qaytishni rejalashtirmoqda.
Messining Kataloniya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan. Ammo, argentinalik futbolchi shartnomasini bekor qilish huquqiga ega.
"Ha, Messi 2020/21 yilgi mavsumga qadar jamoadan ketishi mumkin. Bizda Puyol, Xavi va Inestalar bilan ham shunday bitim bo'lgan. Xavi Qatarga ketgan, Inesta Yaponiyaga, Puyol esa jarohat olganidan so'ng faoliyatini yakunlagan edi. Bu o'yinchilar klubga ko'p narsa bera olishdi. Ammo, men Messini "Barsa"da 2021 yilga qadar qolishiga ishonaman. CHunki, bu erda uni hamma narsa qanoatlantiradi, shunday ekan, men hotirjamman", - deydi "Barselona" prezidenti Bartomeu.
Eslatib o'tamiz, Messi 2000 yildan buyon "ko'k-anorranglilar" bilan birga. Oldinroq, futbolchining jamoadoshi Pike Leoning jamoada qolishiga ishonishini takidlagan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar