So’nggi yangiliklar

01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  0 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  2 01:44Миллатлар лигаси. Коло Муанининг голлари Францияга Бельгия устидан ғалабани тақдим қилди  0 01:40Миллатлар лигаси. Италия Исроилни йирик ҳисобда таслим қилди  5 01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  0 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  0 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  2 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  4 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  6 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  12

Bernd SHtange: "Suriya terma jamoasi xorijdagi yig'inlar orqali Osiyo Kubogiga tayyorlanmoqda" Yangiliklar

Bernd SHtange: "Suriya terma jamoasi xorijdagi yig'inlar orqali Osiyo Kubogiga tayyorlanmoqda"

O'zbekiston - Suriya uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Bernd SHtange ishtirok etdi.

"Biz keyingi yil bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rayapmiz. O'zbekistondan keyin Qirg'iziston bilan o'ynaymiz. Bundan tashqari yana ko'plab o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazamiz. SHu bahslar orqali biz BAAda o'tadigan musobaqaga tayyor holda bormoqchimiz", - deydi Bernd SHtange.

"Biz bugun Osiyo Kubogiga tayyorgarlikni boshladik. Ertaga O'zbekiston bilan o'ynaymiz. Ushbu o'yin orqali musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz", - deydi Omar Al Soma.

- Suriyadagi siyosiy vaziyat terma jamoaga tasir qilamayaptimi? Yig'inlar qaysi mamlakatlarda bo'lib o'tmoqda.
- Etibor bersangiz tarkibimizda ko'plab futbolchilar boshqa mamlakatlarda legioner sifatida o'ynashmoqda. Barcha yig'inlar boshqa davlatlarda o'tkazilmoqda.


- Osiyo Kubogiga jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan jamoa Toshkentga ikkiga bo'lingan holda etib kelgani va mashg'ulot o'tkaza olmagani minus emasmi?
- Biz to'liq tarkib bilan Toshkentga etib keldik. Kecha "Paxtakor" stadionida soat 18:00da mashg'ulot o'tkazdik.

- Siz malum vaqt terma jamoada o'ynamadingiz. Qaytishga kim ko'ndirdi?
Omar Al Soma: - Ayni paytda terma jamoada ko'plab kuchli futbolchilar yig'ilgan shu bois qaytishga qaror qildim. Osiyo Kubogida munosib natija ko'rsatishga harakat qilamiz.

- Iroq bosh murabbiyi sifatida avval ham O'zbekistonga kelgangiz. Bizning terma jamoa qaysi jamoaga o'xshab ketadi?
- Yildan yilga yurtingiz go'zallashib borayotganini aytib o'tish kerak. Sizning yoshlar terma jamoaingiz Xitoydagi musobaqada chempion bo'lganidan xabarim bor. Ishonchim komil O'zbekiston qita va jahon miqiyosida katta natijalar ko'rsata oladi. Lekin taktika borasida hech nima deya olmayman.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика