Chempionlar Ligasi 2026/27 yilgi mavsum finali Madridda o'tkazilishi mumkin
11 sen 14:27
Yangiliklar


Chempionlar Ligasi 2026/27 yilgi mavsum finali Madridda o'tkazilishi mumkin
Madriddagi "Atletiko"ning uy stadioni "Riyad Eyr Metropolitano" 2026/27 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasining final uchrashuviga mezbonlik qilish ehtimoli bor.
Bu haqda COPE radiostanciyasi xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Evropa futbol associaciyalari ittifoqi (UEFA) bu qarorni 11 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan ijroiya qo'mita yig'ilishidan so'ng elon qiladi.
"Metropolitano" stadioni 1993 yilda qurilgan, rekonstrukciya ishlari 2017 yilda yakunlangan. Arena 70 692 tomoshabinga mo'ljallangan. 2019 yilda "Atletiko"ning uy stadioni Chempionlar Ligasi finaliga mezbonlik qilgan, o'shanda "Liverpul" va "Tottenxem" sovrin uchun o'yinda to'qnash kelgan (2:0).
2025/26 yilgi mavsum finali 2026 yil 30 may kuni Budapeshtdagi "Pushkash Arena"da o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
18:27
3 o'yinda 2 ochko to'plagan Simeone: "Uchinchi o'rin etarli emas. Chempion bo'lish vaqti keldi" 5

Fikrlar