Portugaliya futboli yulduzlari "Shon-sharaf" zaliga kiritildi
11 sen 2025 10:30
Yangiliklar
Portugaliya futboli yulduzlari "Shon-sharaf" zaliga kiritildi
Tadbirda Portugaliya futboli afsonalari Luish Nani va Rikardu Kuarejma "Shon-sharaf" zaliga kiritilganliklari rasman elon qilindi.
"Kuarejma va Nanini "Shon-sharaf" zaliga kirganliklari bilan tabriklaymiz", - deb fikr bildirilgan liga matbuot xizmati tomonidan berilgan xabarda.
Malumot uchun, Rikardu Kuarejma futbolchilik faoliyatini 2022 yilda yakunlagan. U Portugaliya termasi safida 80 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urgan va yana 24 ta golga assist bo'lgan. U terma safida 2016 yilda Evropa chempionligini qo'lga kiritgan.
Luish Nani esa faoliyatini o'tgan yili yakunladi. U Portugaliya termasi libosida jami 111 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 24 tadan gol va assist bor. U ham 2016 yilgi Evropa chempionatida Portugaliya safida g'alaba qozongan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Fikrlar