So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  18 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  2 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

"Mamlakatimizda futbol rivojlanmoqda, balki keyingi mundialda ishtirok etishimiz mumkin". Qirg'iz Respublikasi bosh murabbiyi ishtirokidagi matbuot anjumani (to'liq) Yangiliklar

"Mamlakatimizda futbol rivojlanmoqda, balki keyingi mundialda ishtirok etishimiz mumkin". Qirg'iz Respublikasi bosh murabbiyi ishtirokidagi matbuot anjumani (to'liq)

CAFA Nations Cup-2025 turniri oldidan terma jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.

Qirg'iziston Respublikasi ustozi Urmat Abdukaimov va himoyachi Valeriy Kichin Turkmanistonga qarshi uchrashuv oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Jamoamiz ishtirokida yaxshi o'yin kutmoqdaman. Bu uchrashuvlar shaxsan men yosh murabbiy va futbolchilar uchun ajoyib imkoniyat deya olaman. Har bir futbolchi masuliyatni to'liq his qilib turibdi. Vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan holda ijobiy natijaga erishishga harakat qilamiz.

Aytishim mumkinki, bu mening faoliyatimdagi Turkmanistonga qarshi birinchi to'qnashuv bo'ladi. Bu o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik, tomoshabop o'yin kutmoqdamiz. Bunday issiqda oddiy o'yin bo'lmaydi. O'ylaymanki, ertangi o'yin barchaga manzur keladi va natija biz tomonda bo'ladi".

- So'nggi yillarda Qirg'iz Respublikasida bir necha nafar xorijlik murabbiylar ishladi. Yosh mutaxassis sifatida bugungi terma jamoani shakllantirish qanday kechmoqda?

- Men terma jamoada 2 yilni o'tkazdim. Shtefan Tarkovichning yordamchisi sifatida terma jamoada faoliyatimni boshlagandim. Moslashishga hojat qolgani yo'q. Hamma futbolchilarni yaxshi bilaman. Taktik tayyorgarlikka kelsak, Turkmaniston bilan yaxshi va qiziqarli o'yin bo'ladi. Raqib murabbiyi zamonaviy qarashlarga ega, yaxshi mutaxassis. 

- Turnirning FIFA kunlaridan tashqarida bo'lib o'tishi rejalarga tasir qilmadimi?

- Albatta tasiri bor. Xorij jamoalaridagi ayrim futbolchilarimiz birinchi o'yinga etib kela olishmaydi. Boshqa tomondan bu qolgan futbolchilar uchun o'zini ko'rsatishga imkoniyat. 

- Valeriy siz O'zbekistonda o'ynagansiz. Sizga o'zbek xalqi nomidan ham o'zingiz, ham biz uchun munosib harakat qildingiz. Qirg'iziston saralashni juda zo'r o'tkazdi. Keyingi qadam nimadan iborat?

- Tilaklar uchun rahmat. Biz o'zimiz uchun o'ynadik, boshqa tomondan yordam. Albatta, yurtingiz tarixidagi muhim voqea bilan tabriklayman. Maqsadimiz oldinga qarab intilish. Sportchi oldiga yuqori maqsad qo'ymas ekan u professional hisoblanmaydi. Biz oldimizga doim g'alabani maqsad qilib qo'yamiz. O'rtoqlik yoki rasmiy ahamiyati yo'q.

- Qirg'izistonda futbol infratuzilma borasida yaxshi ishlar amalga oshirilmoqda. "Barselona" akademiyasi ishga tushdi, yangi stadion quriladi. Keyingi Jahon chempionatida sizlarni ko'rishimiz mumkinmi?

- Albatta birinchi o'rinda futbolimiz rahbarlarining say-harakatlari bilan bo'lmoqda. Bunday sharoitlarda oldimizga yanada yuqoriroq maqsadlar qo'yamiz. Dastlab Osiyo Kubogi keyin esa Jahon chempionati saralashiga harakat qilamiz. Infratuzilmalar faqat rivojlanishga hissa qo'shadi.

- Erjan Tokotaev "Andijon" safida yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. U haqida nima deya olasiz? 

- Erjan uchun xursandmiz. Joel Kojo va Erjan shu erda yig'inimizga qo'shildi. Bu yaxshi bo'ldi. Terma jamoadagi o'yinlar orqali futbolchilar kuchli jamoalarga yo'l olishi osonlashadi. Deylik Valeriyni ham O'zbekistonda yaxshi tanishadi. O'zbekiston chempionati bizga qaraganda yuqoriroq darajada. 

- Raqiblarni qanchalik o'rgandingiz?

- Har bir raqibni sinchkovlik bilan o'rganamiz. Raqibimiz Turkmaniston yangi murabbiy bilan bitta o'yin o'tkazdi, tan olish kerak malumot ko'p emas. Turkmaniston futbolchilari OCHLda o'ynaydi, taniymiz. O'monni Karlush Keyrush kabi katta nom boshqarmoqda. Tabiiyki ular munosib tayyorgarlik ko'rishmoqda, boz ustiga Jahon chempionati saralash bosqichining navbatdagi raundida qatnashadi. Birinchi o'yinda nima yangi narsalar bo'lishini ko'rib olamiz. O'zbekiston bilan yangi o'yin o'tkazish yoqimli bo'ladi. 

- Qirg'izistonda yangi klublar ochilmoqda. Valeriy ham shunday jamoalardan birida o'ynaydi. Bu mamlakat chempionati o'sishiga turtki bo'ldimi?

- Ha, tasir qilyapti. Raqobat kuchaymoqda, kuchli legionerlar jalb qilinyapti. Yoshlar o'sishga erishmoqda. Aytishim mumkinki, chempionatimiz kuchaydi. Terma jamoalarga futbolchilarimiz chaqirilmoqda. Bu xursand qilmay qolmaydi. 

- Qirg'izistonda o'ynayotgan 3 nafar o'zbekistonlik futbolchini ajratib ko'rsata olasizmi?

- "OshMU" jamoasida Maradona Safarovni aytardim. Shaxsan men kim o'ynayotganini yokim kimga qarshi o'ynayotganimga ahamiyat bermayman. Ronaldu, Shomurodov, Maradona Safarov farqi yo'q. 

- Bir necha yil oldin Guljigi Alikulovni qirg'izistonlik Messi deyishgandi. Hozir ham shunday topilmalar bormi?

- Yaxshi yoshlar etishib chiqmoqda. Nomma nom aytish noto'g'ri bo'ladi. Olimpiya terma jamoamiz Bishkekda saralashda o'ynaydi. Kuchli raqiblar bilan o'yinlarda ularning imkoniyatlarini ko'rib olishimiz mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика