Eldor Moyliev: "Bugun eng yomon o'yinlarimizdan birini ko'rsatdik"
27 avg 21:54
Yangiliklar
Eldor Moyliev: "Bugun eng yomon o'yinlarimizdan birini ko'rsatdik"
- O'yin haqida fikringiz?
- Bahsni yaxshi boshladik, ikkita qulay vaziyat yaratdik. Lekin gol ura olmadik. "Dinamo" esa ikki bor standart vaziyatdan unumli foydalandi. Raqib ikkita gol urib olganidan so'ng bizda o'yin faqat orqaga ketdi. Ikkinchi bo'lim to'liq "Dinamo" ustunligida kechdi. Bugun eng yomon o'yinlarimizdan birini ko'rsatdik.

- Jamoangiz Superligada raqiblarga kurash taklif etib kelyapti. Lekin bugungi o'yinda umuman o'zini ko'rsata olmadi. Bu Superliga boshqa, Kubok boshqa musobaqa bo'lgani bilan bog'liqmi?
- Biz Kubok o'yiniga yaxshi hozirlik ko'rgandik, lekin bugun nimadir o'xshamadi. O'tkazilgan ikkita gol ruhan sindirib qo'ydi. Bundan tashqari birga bir vaziyatlarning barchasida engildik. "Dinamo" bu uchrashuvga yaxshi hozirlik ko'ribdi.
- Futbolchilarda g'alaba uchun ishtiyoq yo'qdek.
- Qo'ldan kelgancha g'alabani ko'zlab maydonga tushgandik. Agar yutganimizda yarim finalga chiqqan eng kuchli 4 jamoadan biri bo'lardik. Buni hammamiz yaxshi tushunib turgandik. Afsuski, o'yin biz o'ylagandek kechmadi. "Dinamo" har jihatdan kuchlilik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar