So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Vadim Abramov: "Dinamo"ning barcha futbolchilari terma jamoada o'ynashga loyiq" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Dinamo"ning barcha futbolchilari terma jamoada o'ynashga loyiq"

O'zbekiston Kubogi 1/4 finaldan o'rin olgan "Dinamo" – "Sho'rtan" (3:0) uchrashuvidan so'ng "Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Avvalo, "Dinamo" Kubokning yarim finaliga chiqqani bilan samarqandlik muxlislarni tabriklayman. O'ylaymanki, o'yindan o'yinga kuchayib boryapmiz va buni bugungi bahs ham ko'rsatdi. Jamoamizda potencial bor, faqat biroz noto'g'ri o'ynayapmiz. Avgust oyida og'ir taqvimni o'tkazdik, lekin bu bilan sinib qolmadik. Raqibni mensimaslik holati kuzatilmadi va futbolchilarimiz bugungi o'yinga jiddiy qarashdi. Bu esa meni xursand qildi.

- Nima deb o'ylaysiz, bu siz uchun "Dinamo"ning ushbu mavsumdagi eng asabiysiz o'yini bo'ldimi?

- Hamma gap shundaki, biz Kubok uchrashuviga jiddiy qaradik. "Sho'rtan"ni esa o'rganib chiqqandik. Ularning "Nasaf" bilan o'yinini ko'rib raqibni o'rgandik. Bugun standartlar yaxshi o'xshadi.

- Anvar Hojimirzaev negadir o'yindan keyin ko'rinmay qoldi?

- Chunki u darhol kiyim almashtirish xonasiga kirib ketdi va keyingi o'yinga tiklanishni boshlab yubordi. Anvar reja bo'yicha ish olib boryapti. U bugun gol urmagan bo'lsa ham yaxshi harakat qildi, xavfli vaziyatlar yaratdi, jamoadoshlariga yordam berdi. Unga hech qanday etiroz yo'q.

- Ratino, Mirahmadov, Hoshimov kabi futbolchilar bugun bahs qaydnomasidan o'rin olmadi?

- Chunki ularning uchalasida ham jarohat bor.

- Marko Stanoevichga nima uchun kam vaqt berilyapti?

- Stanoevich evropalik va evropaliklar uchun bunday issiq juda murakkab. U asosiy tarkib futbolchisi va hali ko'p yordam beradi.

- O'rozovning o'yini haqida fikringiz qanday? Muxlislar Kapadze uning telefon raqamini topa olmayapti, aks holda terma jamoaga chaqirgan bo'lardi deb hazillashishyapti.

- Menimcha, bu savolni Kapadzega bergan maqul. Men esa faqat bir gapni aytishim mumkin, "Dinamo"ning barcha futbolchilari terma jamoada o'ynashga loyiq. Timurning esa o'z qarashlari bor va kimni loyiq ko'rsa o'shani chaqiradi.

- Yarim finalda kim bilan duch kelishni xohlaysiz?

- Kimni yuta olsak, shu jamoa bilan o'ynashni xohlaymiz. Tarix yozishda davom etyapmiz va bundan keyin ham har bir o'yinga jiddiy qaraymiz.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика