"Bavariya" "Barselona"dan uchralgan 1:4 dan keyin ketma-ket 7ta o'yinda gol o'tkazmay g'alaba qozondi
27 noy 2024 13:52
Yangiliklar
"Bavariya" "Barselona"dan uchralgan 1:4 dan keyin ketma-ket 7ta o'yinda gol o'tkazmay g'alaba qozondi
Myunxenning "Bavariya" klubi quruq seriyasini davom ettirmoqda.
Tunda ECHL 5-turidan o'rin olgan qator uchrashuvlar bo'lib o'tdi. "Bavariya" jamoasi o'z uyida PSJni 1:0 hisobida taslim qildi. Qizig'i, Vensan Kompani boshchiligidagi myunxenliklar CHempionlar ligasi 3-turi doirasida "Barselona"dan uchralgan 1:4 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin barcha musobaqalarda ketma-ket ettita o'yinda gol o'tkazmay g'alaba qozondi. To'plar nisbati - 18:0.
"Bavariya" navbatdagi o'yinini 30 noyabr kuni Bundesliga doirasida safarda "Borussiya D"ga qarshi o'tkazadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar