Bartomeu Neymar va Martinesning ehtimoliy transferi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
30 jan 2020 01:10
Yangiliklar
Bartomeu Neymar va Martinesning ehtimoliy transferi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
"Barselona" prezidenti Xosep Bartomeu 2017 yilda klubni tark etgan braziliyalik Neymarni jamoaga qaytarish variantlari borligi haqida gapirdi.
"Neymar haqidagi savollar doim takrorlanib turadi. Men bunga allaqachon oydinlik kiritganman. Rahbariyat yig'ilish o'tkazib, kelasi mavsum rejalarini tuzib olmasa, bu mavzu muhokama qilinmaydi. Hozir kelasi mavsum rejalari tuzilmagan. Ammo aytishim mumkinki, "Barselona" doim barcha variantlarni ko'rib chiqishga tayyor.
Lautaro Martines? Men boshqa klub jamoalari haqida gapirmaslikni maqul ko'raman. Ulardan biri Italiyada, boshqasi esa Franciyada o'ynaydi. Bular ajoyib, yosh futbolchilar, ammo kelasi mavsum rejalari haqida gapirishga hali erta", — dedi Bartomeu.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Месси Роналдунинг рекордини такрорлади, бироқ...
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar