"Barselona" sobiq o'yinchisi: "Ilk bor Messining klubdan ketishga bu qadar yaqinligini ko'ryapman"
06 fev 2020 15:21
Yangiliklar
"Barselona" sobiq o'yinchisi: "Ilk bor Messining klubdan ketishga bu qadar yaqinligini ko'ryapman"
"Barselona" sobiq hujumchisi Francisko Xose Karrasko Messining jamoadan ketishi mumkinligini aytib o'tdi.
"Messi ayni damda o'zini yaxshi his qilmayapti. Men uning o'yinini yaxshi ko'raman. Ammo, birinchi marta uning "Barselona"dan ketishga bunchalik yaqin ekanligini ko'rmoqdaman. Oldin esa bu narsa haqida umuman gapirmaganman ham", - deydi Karrasko.
Lionelning "ko'k-anorranglilar" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan, ammo u mavsum so'nggida jamoadan tekinga ketish huquqiga ega.
Eslatib o'tamiz, Lionel Messi "Barselona"dan ketishga qaror qilsa, unga bosh davogar sifatida "Manchester Siti" ko'rilmoqda.
"Manchester Siti" Messini kuzatmoqda. U tez orada jamoadan ketishi mumkin

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar