"Barselona" futbolchisi: "Valverde qo'l ostida yomon davrlar bo'lgandi"
03 fev 2020 14:20
Yangiliklar
"Barselona" futbolchisi: "Valverde qo'l ostida yomon davrlar bo'lgandi"
"Barselona"ning xorvatiyalik yarim himoyachisi Ivan Rakitich yanvarda jamoadan ketishi mumkin bo'lganini aytdi.
31 yoshli o'yinchining aytishicha, u jamoaning sobiq murabbiyi Ernesto Valverde davrini salbiy baholadi va jamoani o'zgartirish haqida o'ylaganini aytdi.
"Men yanvardagi transferlar oynasida jamoadan ketishni o'ylagan edim. Valverde qo'l ostidagi davr yaxshi bo'lmagan edi. Ammo, endi bu paytlar o'tib ketdi. Aytishim mumkinki, o'sha paytda "Barsa"da menga yoqmagan narsalar bor edi", - deydi Rakitich.
Eslatib o'tamiz, Rakitich "Barselona"ga 2014 yilning yozida "Sevilya"dan 18 million evro evaziga o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar