"Barselona" futbolchisi nega terma jamoaga chaqirilmadi?
03 sen 2019 11:12
Yangiliklar
"Barselona" futbolchisi nega terma jamoaga chaqirilmadi?
Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich "Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitichni nega terma jamoaga chaqirmaganligini aytdi.
Xorvatiya terma jamoasi tez orada Evro-2020 salarashi doirasida Slovakiya va Ozarbayjon termalari bilan o'ynaydi.
Murabbiyning so'zlariga ko'ra, futbolchi ko'proq o'zining kelajagi haqida o'ylashi kerak.
- Rakitichning klubdagi ishlari joyida emas va biz uni terma jamoaga maksimal foyda keltira olmaydi deb chaqirmadik.
Biz allaqachon Uelsga qarshi o'yinda Rakitichsiz harakat qildik va g'alabaga erishdik. Bizda Vlashich va Brekalolar bor va ularda mahorat, xohish va ishtiyoq kuchliroq. Agar Ivan bundan norozi bo'lsa, men bu muammoni hal qilaman, - deydi Dalich.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar