So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  1 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  4 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  11 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  7 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  33 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

Grizmann va De Yongning debyut o'yinida "Barselona" "CHelsi"ga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

Grizmann va De Yongning debyut o'yinida "Barselona" "CHelsi"ga mag'lub bo'ldi

"Barselona" hamda "CHelsi" o'rtasidagi Rakuten Cup o'rtoqlik turniri uchrashuvi yakuniga etdi.

"Barselona" - "CHelsi" 1:2

Gol: Ivan Rakitich 90+1 - Temmi Abraxam 34, Ross Barkli 81.

"Barselona": Ter SHtegen, Pike, Buskets, Rike Pig, Dembele, O.Buskets, Grizmann, Alba, Serxi Roberto, Yumtiti, Kolyado. 


"CHelsi": Arrisabalaga, Aspilikueta, Kristensen, David Luis, Emerson, Jorjino, Kovachich, Pedro, Maunt, Pulishich, Abraxam.



UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+1. Uchrashuv asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berilga vaqtda Ivan Rakitich hisobni qisqartirdi. Ivan oldinroq jarima zarbasi tepgan joydan to'pni qabul qilib oldi va Arrisabalaga darvozasini chiroyli tarzda ishg'ol qildi. 1:2

90. "CHelsi" jarima maydonchasi chizig'i yonginasida Malkomga qo'pollik ishlatildi. Rakitich ijro etgan jarima zarbasi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

88. "CHelsi" futbolchisiga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Bir necha daqiqa oldin unga qarshi qo'pol o'yin ko'rsatishgan edi.

85. Kataloniya klubining yoshlari hujumda ko'plab xatolarga yo'l qo'yishmoqda, shu sababli ularning hujumlari uzilib qolyapti.

81. GOOOL! Ross Barkli jarima maydonchasi tashqarisidan chap oyoqda zarba berdi, bu safar Netu to'pni qaytara olmadi.

77. "CHelsi" hujumchisi yaqin masofadan "Barselona" darvozasiga zarba berdi, Netu ishonchli harakat qilib, jamoani muqarrar goldan qutqarib qoldi.

72. "CHelsi" hujumchisi Kenedi bosh bilan zarba berish uchun qulay vaziyatga chiqdi, ammo zarba yo'nalishi juda noaniq bo'ldi.

70. "CHelsi"dan navbatdagi o'zgarishlar. Batshuayi, Drinkuoter maydonga tushishdi.

Kepa Arrisabalaga.

54. Netu raqib jamoa futbolchisi bergan zarbasi rikoshet bo'lishiga qaramay to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

Gol muallifi - Temmi Abraxam

61. Yana bir zarba. Kataloniya klubi futbolchilari "CHelsi" darvozasini tinimsiz o'qqa tutishmoqda, ammo hozircha to'p darvoza to'riga kirmayapti.

60. "CHelsi" safida o'zgarish: Pulishich - Jiru, Abraxam - Kenedi, Maunt - Barkli.

59. "Barselona"dan navbatdagi zarba. Bu safar Karles Alenya o'z omadini sinab ko'rdi, Arrisabalaga bugun gol o'tkazmaydigan ko'rinadi.

57. Pedro 30 metrlardan Netu darvozasini ishg'ol qilishga urinib ko'rdi, "Barselona"ning yangi posboni xatosiz harakat qilib, to'pni ushlab oldi.

56. Kataloniya klubining hujumlari rang-baranglashib boryapti. O'ng qanotdan boshlangan hujum chap qanotda to'p tepayotgan Karles Peresning zarbasi bilan yakunlandi. Yana Arrisabalaga ishonchli o'yin ko'rsatdi.

55. Karles Peres "CHelsi" jarima maydonchasiga yorib kirib, darvozaga zarba berdi, biroq zarba kuchsizligi tufayli Kepa to'pni ushlab olishga qiynalmadi.

53. Rafinya jarima maydonchasi chizig'i ustidan darvoza tomon zarba berdi. Kepa yaxshi o'yin ko'rsatib, to'pni ushlab oldi.

52. Frenki de yong maydon markazida etakchi bo'lishga urinmoqda. Hozircha xatolar deyarli yo'q.

"Barselona" tarkibi: Netu, Semedu, Todibo, Langle, Gilem Jayme, Rakitich, Rafinya, Karles Alenya, de Yong, Karles Peres, Malkom.

 Kataloniya klubi tarkibida ham o'zgarishlar amalga oshirildi.

 O'zgarishlar ro'y berdi. David Luis o'rniga Kurt Zuma, Emerson o'rniga Markos Alonso, Andreas o'rniga Kristensen Fikeyo Tomori maydonga tushdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.




Birinchi bo'lim yakunlandi. Bizdan uzoqlashmang, uchrashuvdan olingan eng sara suratlarni etiboringizga havola qilamiz.

45+1. Grizmann jarima maydonchasining chap qanotidan zarba berdi, noaniq.

42. Grizmann va Dembele tandemidan ajoyib hujum! Antuan bir harakat bilan to'pni o'z qanotida ochiq qolgan Usmonga uzatdi. Dembele to'pni qaytarish o'rniga markazroqqa o'tdi va zarba berdi. Arrisabalaga to'pni ushlab oldi.

Golni Telegram kanalimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.

34. GOOOL! Serxio Buskets pas berishda xatoga yo'l qo'ydi va "CHelsi" hujumchisi Temmi Abraxam ter SHtegen bilan birga-bir chiqib, uni aldab o'tdi va hisobni ochdi. 0:1

31. Usmon Dembele Arrisabalaga darvozasiga zarba berish uchun qulay imkoniyatga ega bo'lgandi, ammo u zarba bergunicha himoyachilar to'p yo'liga g'ov bo'lishdi.

Suratda Emerson va Oriol Buskets

24. "Aristokratlar" ijrosida yana bir xavfli hujum. Meyson Maunt havodagi kurashda Pikeni taslim etdi va uzoqdan zarba berdi, biroq zarba kutilganidek aniq chiqmadi.

23. Xavfli vaziyat! Pulishich Eden Azar uslubida jarima maydonchasiga kirib keldi va uzoq burchakka zarba berdi, ter SHtegen to'pni qaytarganidan so'ng "CHelsi"ning boshqa futbolchisi yaqin masofadan to'pni darvozaga joylay olmadi.

20. Kataloniya klubining yoshlari bazi xatolar bilan asosiy tarkib futbolchilarini qiynab qo'yishmoqda, ammo tajribali o'yinchilar vaziyatlardan chiroyli chiqib ketishmoqda. Muxlislar esa bunday harakatlarni olqishlar bilan qarshi olishmoqda.

19. Grizmannga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Futbolchiga tibbiy yordam ko'rsatildi. Hammasi joyida u yana maydonga qaytdi.

13. Serxi Robertoning ajoyib pasidan so'ng Grizmann chap qanotdan hujumga qochib ketishga urindi, ammo "CHelsi" himoyachisi to'pni maydondan chiqarib yuborishga muvaffaq bo'ldi.

9. O'yin tempi biroz tushdi. Ikkala jamoa ham ko'proq aniq paslarga etibor qaratishmoqda.

7. Xavfli vaziyat! "CHelsi" futbolchisi qanotdan erlatib uzatgan to'pni Kataloniya klubi vakillari bir amallab maydondan chiqarib yuborishdi. Burchak zarbasi ham muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

4. Hujum qilish navbati "CHelsi"ga o'tdi. Kovachich chap qanotdan to'pni havolatib jarima maydonchasi ichiga tashladi, Aspilikueta bosh bilan bergan zarba darvoza tomon bormadi.

3. Kataloniya klubi uchrashuv boshidan katta kuch bilan hujumga zo'r bermoqda.

2. Ilk soniyalardan "Barselona" hujumga o'tdi va burchak zarbasi ishlab oldi. Burchak to'pi yosh Busketsning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

1. Bosh hakam xushtagi bilan bahs boshlandi. Tarkiblar pastroqda tanishib olishingiz mumkin.


- Mashg'ulot yakunlangan. Rakuten kompaniyasi rahbari maydonga tushib, ikkala jamoa futbolchilari bilan suratga tushdi.

- Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari. "Barselona" - "CHelsi" uchrashuvi telekanallarimiz orqali efirga uzatilmagani bois ushbu bahsni matnli translyaciya tarzida yoritib borishga qaror qildik. 



Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика