So’nggi yangiliklar

13:26"Арсенал" янги ҳужумчи топди  0 12:58Испания терма жамоаси Аргентина ўрнига тезда янги рақиблар топди  1 12:30Манба: "Барселона" Флик билан шартномани узайтиради  0 12:01"Нефтчи"нинг грециялик мураббийи: "Соврин қўлга киритиш — бу таърифлаб бўлмайдиган туйғу"  5 11:35Аёллар Жаҳон чемпионати энди орзу эмас  8 10:52Неймар Анчелоттининг қарорига муносабат билдирди  0 10:27Гвардиола деярли 100 миллион евролик ҳимоячини сотиб олишни сўради  8 10:00Мбаппе "Реал"га ўтмаган тақдирда қайси клубда фаолиятини давом эттирган бўлишини маълум қилди  3 09:23Дембеле ПСЖдаги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  2 08:55Нима? Анчелотти айни вақтда Европанинг энг кучли жамоаси номини маълум қилди  5 08:27Луис Энрике:"Менга одамларнинг нима деб гапирётганини фарқи йўқ"  3 07:58Ироқнинг ЖЧ интерконтинентал плей-офф учрашувлари учун қайдномаси маълум. Рўйхатда "Пахтакор" футболчиси бор  3 07:30Анчелотти нима учун Неймарн март ойидаги йиғинга чақирмаганини тушунтирди  3 01:30ОФК бош котиби: Эрон ЖЧ-2026 да иштирок этади  12 00:463:0 дан кейин хотиржамликка ўрин йўқ! Арбелоа "Ман Сити"га қарши жавоб ўйинидан нима кутмоқда?  14

"Neftchi"ning greciyalik murabbiyi: "Sovrin qo'lga kiritish - bu tariflab bo'lmaydigan tuyg'u" Yangiliklar

"Neftchi"ning greciyalik murabbiyi: "Sovrin qo'lga kiritish - bu tariflab bo'lmaydigan tuyg'u"

"Neftchi"ning jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi Antonio Sario'g'li "Paxtakor" mag'lub etilib (1:0), Superkubok qo'lga kiritilganidan keyin klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

— Ilgari ham O'zbekistonda faoliyat yuritgansiz. Bu safar yangi jamoaga moslashish jarayoni haqida gapirib bersangiz...

— Birinchi daqiqadanoq jamoa rahbariyati va bosh murabbiy menga loyihani taqdim etganida, juda katta hayajon xis qildim. Futbolga bo'lgan ishtiyoqim va muhabbatim meni dunyoning ko'plab joylariga olib bordi. Ammo "Neftchi" menga ko'rsatgan istiqbol sabab avval oilam bilan, keyin esa janob Kuper bilan gaplashdim va oxir-oqibat uning murabbiylar shtabini tark etishga qaror qildim. Uning roziligi va yaxshi tilaklari bilan "Neftchi" taklifini qabul qildim. Moslashuv jarayoniga kelsak, bunga vaqt ham bo'lmadi, chunki Antaliyadagi birinchi ish kunidanoq juda qattiq ish boshladik. Ko'p soatlik mashg'ulotlar, ko'plab o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazdik. Farg'onaga qaytgach, rasmiy o'yinlarga etibor qaratishimiz kerak edi. Bundan tashqari, futbolchilarimizga butunlay boshqacha professional kundalik hayotni taklif qilishni xohladik. Bu esa katta mehnat va sabr-toqatni talab qiladi. Shu bilan birga, O'zbekistonning mentaliteti hamda turmush tarzini allaqachon bilardim va rostini aytsam, buni juda sog'ingandim.

— Superkubok o'yiniga kelsak, final hushtagidan keyingi xis tuyg'ularingiz haqida... 

— Men xanuzgacha bunga to'liq ishonib ulgurmadim, go'yo orzudek tuyulyapti. Ammo sovrin qo'lga kiritish — bu tariflab bo'lmaydigan tuyg'u. Hayajon, quvonch, o'zini oqlaganlik hissi, bu juda ajoyib edi. "Neftchi" bilan yana ko'plab lahzalarni boshdan kechirish uchun qattiq mehnat qilaman. 

— Futbolchilar maydonga tushishidan oldin ularga nima dedingiz?

— Kiyinish xonasidan chiqishdan oldin ularga to'liq diqqatni jamlashlarini so'rab: "Bir-biringizga ishoning, bir-biringiz uchun kurashing va biz g'alaba qozonamiz", dedim 

— Stadiondagi muhit haqida nima deya olasiz? Uni Evropa o'yinlaridagi muhit bilan solishtirsa bo'ladimi?

— Men allaqachon muxlislarimiz bilan o'zgacha bir bog'liklikni xis qilyapman. Ular mening jamoam "Aris" Saloniki muxlislarini eslatadi. Bizda bir xid ranglar, bir xil fanatizm, jamoaga bo'lgan bir xil sevgi bor. Ular jamoani hamma joyga kuzatib borishadi. Hatto timsolimiz ham bir xil — yo'lbars! Bir kun kelib ikki klub o'rtasida birodarlik bo'lishini juda xohlardim.

Reyting: +4   

Fikrlar

+1   
17 mar 12:22:41
Hilol
Хозир ким сичди
+1   
17 mar 12:22:26
Hilol
Хозир ким сичди
+1   
17 mar 12:15:11
leva8989
Antonio Sariogli Ektor Kuper yordamchisi edi,Neftchiga kelgach jismoniy tayorgarlikda jamoa ancha o'sdi
   
17 mar 13:32:01
Каримжон Матхолиқов
Аллоҳга шукур шу Сариўгли борлиги учун Нефтчи чичирди.
   
17 mar 12:14:34
Ohcoxhhphxx Hfpjfccj0
Шу грек булмаганда нефтчи иштонига сичарди
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика