So’nggi yangiliklar

12:58Испания терма жамоаси Аргентина ўрнига тезда янги рақиблар топди  0 12:30Манба: "Барселона" Флик билан шартномани узайтиради  0 12:01"Нефтчи"нинг грециялик мураббийи: "Соврин қўлга киритиш — бу таърифлаб бўлмайдиган туйғу"  4 11:35Аёллар Жаҳон чемпионати энди орзу эмас  6 10:52Неймар Анчелоттининг қарорига муносабат билдирди  0 10:27Гвардиола деярли 100 миллион евролик ҳимоячини сотиб олишни сўради  7 10:00Мбаппе "Реал"га ўтмаган тақдирда қайси клубда фаолиятини давом эттирган бўлишини маълум қилди  2 09:23Дембеле ПСЖдаги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 08:55Нима? Анчелотти айни вақтда Европанинг энг кучли жамоаси номини маълум қилди  5 08:27Луис Энрике:"Менга одамларнинг нима деб гапирётганини фарқи йўқ"  2 07:58Ироқнинг ЖЧ интерконтинентал плей-офф учрашувлари учун қайдномаси маълум. Рўйхатда "Пахтакор" футболчиси бор  3 07:30Анчелотти нима учун Неймарн март ойидаги йиғинга чақирмаганини тушунтирди  3 01:30ОФК бош котиби: Эрон ЖЧ-2026 да иштирок этади  12 00:463:0 дан кейин хотиржамликка ўрин йўқ! Арбелоа "Ман Сити"га қарши жавоб ўйинидан нима кутмоқда?  14 00:12Неймар Бразилия терма жамоасининг қайдномасига киритилмади  9

Ayollar Jahon chempionati endi orzu emas Yangiliklar

Ayollar Jahon chempionati endi orzu emas

FIFA bayrog'i ostidagi eng nufuzli turnirlardan biri Ayollar futboli bo'yicha Jahon chempionati hisoblanadi.

Janni Infantino FIFA prezidenti etib saylanganidan buyon ayollar futboliga juda katta etibor berib kelmoqda.

Shu kunlarda Avstraliyada navbatdagi ayollar Osiyo chempionati bo'lib o'tayotganidan xabaringiz bor. 1 mart kuni start olgan ushbu musobaqa 21 mart kuni o'z nihoyasiga etadi. 13-14-15 mart kunlari musobaqaning chorak final uchrashuvlari o'tkazilib, yarim finalga chiqqan jamoalar nomi malum bo'ldi. Chorak finalda to'rtta o'yin o'tkazilgan bo'lsa, to'rtta g'olib jamoa - Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstraliya va Xitoy to'g'ridan to'g'ri 2027 yil Braziliyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Jahon chempionati uchun Osiyoga 6ta to'g'ri yo'llanma ajratilgan bo'lib, yana ikkita yo'llanma sohibi 19 mart kungi Osiyo chempionati pley-off bahslarida malum bo'ladi. Bunda O'zbekiston - Filippin, KXDR - Xitoy Taypeyi uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Yarim final o'yinlari 17-18 mart kunlari o'tkazilishini hisobga olsak, undan keyin chorak finalda mag'lub bo'lganlar o'rtasida pley-off o'yini bo'lib o'tadi.

O'zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo chempionatida zo'r ishtirok etib, hammani lol qoldirgani yo'q. Biz guruh bosqichida Shimoliy Koreya bilan Xitoyga 0:3 hisobida yutqazib, Bangladeshni 4:0 hisobida mag'lub etgach, eng yaxshi ko'rsatkich evaziga chorak finalga yo'l oldik. Agar chorak finalda Janubiy Koreyani mag'lub etganimizda allaqachon JCH yo'llanmasini qo'lga kiritgan bo'lardik. Lekin koreyaliklar bizga javobsiz 6ta gol urishdi.

Shunday bo'lsa-da, tarixda birinchi bor Jahon chempionatiga borish umidi hali so'ngani yo'q. Buning uchun Yaponiya javobsiz 7ta to'p kiritgan Filippinni o'tish o'yinida mag'lub etsak kifoya. Qizig'i shundaki, mabodo Filippinga yutqazib qo'yilgan taqdirda ham Jahon chempionatiga chiqish imkoniyati yo'qolib qolmaydi. Faqat buning uchun xalqaro Konfederaciyalar pley-off turnirida g'olib chiqishimizga to'g'ri keladi.


Jahon chempionati haqida malumot

FIFA ayollar chempionati 1991 yildan buyon har to'rt yilda bir marta o'tkazib kelinadi. Bungacha ushbu musobaqa 2023 yil Avstraliya/Yangi Zelandiya qo'shmezbonligida o'tkazilgan bo'lib, 32ta jamoa qatnashgandi. Darvoqe, aynan FIFAning hozirgi rahbari Infantino say-harakati sabab Ayollar JCHda ishtirokchilar soni 32taga oshirildi. Masalan, undan oldin Franciya mezbonlik qilgan mundialda 24ta jamoa ishtirok etgandi.

Navbatdagi Jahon chempionati 2027 yil 24 iyun - 25 iyul oralig'ida Braziliyada o'tkaziladi. FIFA tomonidan Osiyoga 6ta to'g'ri yo'llanma berilganini aytib o'tdik. 32ta jamoa qatnashadigan Jahon chempionatida jamoalar to'rttadan 8 guruhga bo'linadi va har bir guruhdan ikkitadan jamoa keyingi bosqichga yo'l oladi. Malumot uchun, ushbu mundial o'ninchi xalqaro musobaqa hisoblanadi.


Kvotalar

2024 yil 10 dekabr kuni FIFA xalqaro qo'mitasi yig'ilish o'tkazib, 32ta jamoani qanday aniqlab olish bo'yicha bir to'xtamga keldi. Unga ko'ra, kvotalar quyidagi tartibda ajratildi:

Osiyo - 6ta

Afrika - 4ta

Shimoliy va Markaziy Amerika - 4ta

Janubiy Amerika - 3ta (mezbon bilan birga)

Okeaniya - 1ta

Evropa - 11ta

Xalqaro Konfederaciyalar pley-off turniri - 3ta (Bunda Osiyo, Afrika, Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Janubiy Amerikadan 2tadan jamoa, Okeaniya, Evropadan 1tadan jamoa qatnashadi). Yakunda 10ta jamoa qo'shimcha 3 yo'llanma uchun kurash olib boradi va shunday qilib ishtirokchilar soni 32taga etkaziladi.


Hozircha 5ta jamoa malum

Navbatdagi Ayollar Jahon chempionatida ishtirok etuvchi 32 jamoadan hozircha beshtasi malum. Mezbon Braziliyadan tashqari Avstraliya, Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya ayollar terma jamoalari yaqinda yo'llanma sohibi bo'lishdi. Agar 19 mart kuni biz Filippinni mag'lub etsak, bu jamoalar qatoriga O'zbekiston ayollar terma jamoasi ham qo'shiladi.

Boshqa qitalardan to'liq ishtirokchilar soni keyinroq - masalan, Afrikada avgust oyida, Shimoliy va Markaziy Amerikada noyabrda, Janubiy Amerikada iyunda, Okeaniyada aprelda, Evropada dekabrda malum bo'ladi. Qo'shimcha xalqaro konfederaciyalar pley-off o'yinlari esa shu yilning noyabr oyida start olib, 2027 yil fevralda tugaydi. Xullas, hali buyoqda gap ko'p. Biz esa ikki-uch kun sabr qilsak kifoya, O'zbekiston JCH yo'llanmasini yutish-yutmasligini ko'rib olamiz.


Xayrulla Xoliqov

Reyting: +1   

Fikrlar

   
17 mar 12:55:12
leva8989
Акмал Аляров foydalanuvchining fikriga javob berish
Ҳозирги вақтда ЖЧ га чиқмаганимиз маъқул Бразилия,Германия ва европани бошқа жамоалари аниқ хозирги вазиятда 15-20 талаб голлар уришади
Meksika,AQSh,Germaniya,Ispaniya lar 10,15ta gol urishadi biznikilarga
   
17 mar 12:39:25
STENLESS..R
Буларга яна кандай шанс керак Филиппинни хам ютолмай кейинги боскичга кейинги термани ютиб чиккандан кура чикмагани яхшими дейман ЖЧ чиккандан кейин Узбекистонни муносиб шарафлаш хам керакда
   
17 mar 12:23:57
NEWS 24
Ayni xaqiqat
   
17 mar 12:23:41
Шуржи шахрисабз
Omadini bersin, borsin JCHga.
   
17 mar 12:15:40
Акмал Аляров
Ҳозирги вақтда ЖЧ га чиқмаганимиз маъқул
Бразилия,Германия ва европани бошқа жамоалари аниқ хозирги вазиятда 15-20 талаб голлар уришади
   
17 mar 11:49:56
Барселона. Арсенал. Пахтакор.
Хуллас чикмагунингча уйнайверасан.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика