"Barselona" bilan ECHL g'olibi bo'lgan yarim himoyachi Saudiya Arabistoni klubiga o'tadi
27 jan 2024 19:37
Yangiliklar
"Barselona" bilan ECHL g'olibi bo'lgan yarim himoyachi Saudiya Arabistoni klubiga o'tadi
Ivan Rakitich faoliyatini "Al SHabab"da davom ettiradi.
35 yoshli xorvatiyalik xavbek "Sevilya" bilan yozgacha belgilangan bitimini bekor qilish borasida kelishuvga erishdi.
Rakitich faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida 11-o'rinni egallab turgan "Al SHabab Ar Riyod" klubida davom ettiradi.
Ivan Rakitich joriy mavsum LaLiganing 18ta uchrashuvida ishtirok etib, 2ta gol urdi va 1ta golli pas berdi. Xorvatiyalik 2014/15 mavsumda "Barselona" bilan UEFA CHempionlar ligasi g'olbiga aylangan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar