"Barsa" ECHLda qatorasiga 4 ta g'alabaga erishdi, umumiy hisob – 17:3
27 noy 2024 07:56
Yangiliklar
"Barsa" ECHLda qatorasiga 4 ta g'alabaga erishdi, umumiy hisob – 17:3
Debyutant "Brest" esa 5-turga kelib ilk bor mag'lubiyat alamini totdi.
"Barselona" CHempionlar Ligasi doirasida ketma-ket 4-g'alabasini nishonladi.
Umumiy bosqichning 5-turida kataloniyaliklar "Brest"ni yirik hisobda (3:0) taslim etishdi. Avvalroq Xans-Diter Flik jamoasi "Yang Boyz" (5:0), "Bavariya" (4:1) va "Crvena Zvezda" (5:2) klublariga imkon qoldirmagandi.
Takidlash lozim, "Brest" musobaqa debyutantiligiga qaramay, 5 o'yinda endi birinchi bor mag'lub bo'ldi – bungacha Liga 1 vakili 3 g'alaba va 1 durang qayd etgandi.
Keyingi turda "Barselona" Dortmundning "Borussiya" klubiga qarshi, "Brest" esa PSVga qarshi maydonga tushadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar