Azim Ahmedov "Navbahor"dan ketishini bildirdi. Championat.asia futbolchi bilan bog'landi
09 dek 2022 20:32
Yangiliklar
Azim Ahmedov "Navbahor"dan ketishini bildirdi. Championat.asia futbolchi bilan bog'landi
"Navbahor" yarim himoyachisi Azim Ahmedov o'zining instagram sahifasida klubdan ketganini malum qildi.
Championat.asia futbolchi bilan bog'landi va fikrlari bilan qiziqdi.
- Navbahor uchun 2022 yil ajoyib mavsum bo'ldi, uzoq tanaffusdan keyin yana chempionat sovrindorlari qatoridan joy oldik. Imkon qadar jamoaga yordam berishga harakat qildim, bu jamoaning muxlislari doim menga qiyin paytda dalda bo'lgan. Bugun klubimiz bilan xayrlashadigan bo'ldim. SHartnomam o'z nihoyasiga etdi.
- Keyingi mavsum muxlislar Sizni qaysi klubda ko'rishadi?
- Hozir oldimda takliflar bor, shu kunlarda muhim qarorni qabul qilaman. Bu haqda albatta xabar beraman, dedi yarim himoyachi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar