"Liverpul" markaziy himoyachi uchun 90 million evro to'lashi mumkin
24 dek 10:45
Yangiliklar
"Liverpul" markaziy himoyachi uchun 90 million evro to'lashi mumkin
"Football Insider" nashrining xabar berishicha, "Liverpul" "Inter" markaziy himoyachisi Alessandro Bastonini kuzatib bormoqda.
Bastoni orqali inglizlar himoya markazini kuchaytirishni reja qilgan.
Manbaning xabar berishicha, 26 yoshli futbolchining transferi "mersisaydliklar"ga kamida 80 million funt sterlingga (91,2 million evro) tushishi mumkin. Shuningdek, himoyachiga "Barselona" ham qiziqish bildirmoqda.
"Inter" himoyachisi bu mavsumda barcha musobaqalarda 20 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt saytidagi malumotlarga ko'ra, uning bozor qiymati 80 million evroni tashkil qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar
2. Бастонини нархи 150 млн $