Semenoning yangi jamoasi malum (Romano)
24 dek 10:18
Yangiliklar
Semenoning yangi jamoasi malum (Romano)
"Manchester Siti" so'nggi 12 soat ichida "Bornmut" hujumchisi Antuan Semeno bilan shartnoma imzolash uchun barcha say-harakatlarni amalga oshirdi.
Jurnalist Fabricio Romanoning X ijtimoiy tarmoq sahifasida xabar berishicha, "shaharliklar" yaqin kunlarda ganalik futbolchining transferini yakunlashga yaqin.
Manbaga ko'ra, Semenoning o'zi "Manchester Siti"ga o'tishni maqul ko'rgan. Takidlanishicha, "Tottenxem" va "Chelsi" "Bornmut" hujumchisi uchun kurashdan chiqqan.
Semeno 2023 yil yanvaridan beri "Bornmut" safida o'ynab kelmoqda. Bu davrda hujumchi barcha musobaqalarda 106 ta o'yinda maydonga tushib, 30 ta gol urgan va 13 ta golli uzatma bergan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha amal qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar