So’nggi yangiliklar

03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  4 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  51 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Samvel Babayan: “Bizda bir qator yo'qotishlar bor. Guruhdan chiqish vazifasini bajarishimiz kerak” Yangiliklar

Samvel Babayan: “Bizda bir qator yo'qotishlar bor. Guruhdan chiqish vazifasini bajarishimiz kerak”

“Al Ahli” - “Andijon” uchrashuvi oldidan “Al Tumama” stadionida tashkil qilingan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Andijon" bosh murabbiyi Samvel Babayan va yarim himoyachi Damir Temirov ishtirok etdilar.

Samvel Babayan: - Xayrli kech. Ertaga jamoamizni juda muhim o'yin kutib turibdi. Yana bir bor Qatarda bo'lib turganimdan xursandman. Bu erda futbol uchun juda ideal sharoitlar yaratilgan. Raqib haqida nima deyishim mumkin? Biz juda yaxshi jamoaga qarshi maydonga tushamiz. “Al-Ahli” - bu Qatar futbolining tarixi hisoblanadi. Bu klubda saviyali o'yinchilar jamlangan. Yulian Drakslerni alohida takidlab o'tish kerak. U “Al-Ahli”dagi statusi yuqori bo'lgan legionerlardan biri. Biz ertaga kuchli raqib bilan o'ynaymiz. Ko'p narsaga etibor bermaymiz va o'z maqsadimizga erishish uchun harakat qilamiz. Yaqindagina klubni qabul qilib oldim. Jamoa biroz qiyin vaziyatda qolgan. Oldimizda ikkita muhim o'yin qolgandi. Biri chempionatda, ikkinchisi OCHL 2 musobaqasida. Birinchisini yaxshi bajardik, ikkinchisi esa ertaga bo'ladi. Boshchiligimda albatta bu vazifani ham bajarishga harakat qilamiz. Ijobiy natijaga erishib guruhdan chiqishga intilamiz. 

Damir Temirov: - Jamoamizda muhit zo'r. Hammamiz jangovar holatda keldik. Xudo xohlasa, ertaga yutishga harakat qilamiz.

- Ertangi uchrashuvda kimlar maydonga tusha olmaydi?

Samvel Babayan: - Afsuski, bizda bir qator yo'qotishlar bor. Oilaviy sabablarga ko'ra asosiy o'yinchilarimizdan biri Otabek Jo'raqo'ziev bu o'yinga kela olmadi. Mavsum oxirlariga yaqin bir qator futbolchilarda jarohatlar bor edi. Lekin iloji boricha ushbu uchrashuvga yaxshi holatda etib kelishga harakat qildik. 

- Sizni Qatar jamoalariga qarshi o'yinlardagi natijangiz ijobiy. Masalan, oxirgi marta “Navbahor” bosh murabbiyi sifatida bu erda “Al-Vakra”ni mag'lub etgansiz. Yani, Qatardagi g'alabali yurishingizni bu safar ham davom ettirishingizga qanchalik ishonyapsiz?

Samvel Babayan: - Ha, haqiqatan Qatar jamoalariga qarshi o'ynash borasida tajriba ko'p. 2023-yilda “Navbahor”ni o'zim tuzgandim. Yaxshi natijalar ko'rsatgan. O'zim yig'ganim uchun o'yinchilar falsafamizni to'liq tushunib etishgandi. Hozirgi paytga to'xtalsam, men 4 hafta avval jamoani qabul qilib oldim. Yani, klub qanday holatda bo'lsa shundayligicha qabul qildim. Uch haftadan beri biz birgalikda qattiq ishlayapmiz. Ishonamanki, jamoamizni potenciali yuqori. Shuni aytishim mumkinki, o'tgan turda o'z uyida “Arkadag”ni yutib, vazifani hal qilsa bo'ladigan darajada salohiyati yuqori jamoa edi. Jamoa bilan birga bo'lib, mashg'ulotlarni o'tkazib, klubni salohiyati yuqori ekaniga ishonch hosil qildim. Lekin shunday bo'lsa-da, bu hol ertangi uchrashuv oldidan zimmamizdan masuliyatni olib qo'ymaydi. Hozir shunday holatdamizki, biz yanada jipslashishimiz kerak. Avvalgi qilingan xatolarni to'g'rilashimiz va guruhdan chiqish vazifasini bajarishimiz kerak.

Reyting:    

Fikrlar

+1   
24 dek 02:03:37
leva8989
Baba nimadir qiladida ertaga...
+1   
24 dek 02:02:32
Logistika
Давай Самвел ака покажи свой характар!
   
24 dek 02:13:33
Абд
Olg'a Babayan! Butun O'zbekiston "Andijon" bilan!!!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика