So’nggi yangiliklar

01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  51 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:32Англия лига кубоги. "Арсенал" – "Кристал Пэлас". Таркиблар аниқ!  3 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

“Al Ahli” bosh murabbiyi: “Andijon” musobaqa davomida kuchli jamoaligini ko'rsatdi” Yangiliklar

“Al Ahli” bosh murabbiyi: “Andijon” musobaqa davomida kuchli jamoaligini ko'rsatdi”

Ertaga bo'lib o'tadigan “Al Ahli” - “Andijon” uchrashuvi oldidan “Al Tumama” stadionida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Unda dastlab mezbonlarning yangi bosh murabbiyi Yunus Ali va futbolchi Ibrahim Diallo qatnashdilar.

Yunus Ali: - “Andijon”ga qarshi biz uchun muhim o'yin. Guruhdagi barcha uchrashuvlar singari jiddiy. So'nggi ikki hafta davomida ushbu bahsga puxta tayyorgarlik ko'rdik. Nimalarga qodirligimizni ko'rsatishni xohlaymiz. “Andijon” ham musobaqa davomida o'zini qanaqa kuchga egaligini namoyish eta oldi va kuchli jamoaligini ko'rsatdi. Ularning o'yin uslubi ham yaxshi shakllangan. Bizni qiyin o'yin kutib turibdi. To'liq kuch bilan yondashishimiz talab etiladi.

Ibrahim Diallo: - Bu o'ziga yarasha qiyin o'yin bo'ladi. Mavsum o'rtasida katta pauza yuzaga keldi. Biz ikki haftadan beri rasmiy uchrashuvlarni o'ynayotganimiz yo'q. Shu sababli bizga biroz qiyinroq bo'ladi. Murabbiy tayinlanishiga kelsak, bu futbolda bo'lib turadigan jarayon. Mavsum o'rtasida murabbiy almashdi. O'rtadagi tanaffusni hisobga olsak, bu xuddi yangi mavsum boshlanayotgandek. Tayyorgarlik ko'rishga imkoniyat bo'ladi. Jamoa ichidagi muhit yaxshi, deb ayta olaman. Yangi murabbiy ish boshlaganidan jamoa xursand. Ushbu bellashuvga imkon qadar yaxshiroq tayyorgarlik ko'rishga harakat qildik.

- “Andijon” jamoasining o'yin uslubi haqida nima deya olasiz? Qaysi jihatlariga ko'proq etibor qaratish kerak?

Yunus Ali: - “Andijon” jamoasini o'yinlarini ko'rib chiqdik. Shunga amin bo'ldikki, ular ancha tartibli o'yin ko'rsatishadi. Imkon qadar maydon bo'ylab tartibli o'ynashga harakat qilishadi. Standart vaziyatlardan o'yin masalasini hal qilishga ham intilishadi. Ushbu vaziyatlarga jiddiy etibor qaratadi. Shu tomonlama ham “Andijon” xavfli. Biz raqibning kuchli tomonlarini yaxshilab o'rganib chiqib, ularni bartaraf etishga harakat qilamiz.

- Tarkibda jarohat olgan o'yinchilar bormi?

Yunus Ali: - Bizda jarohatlar yo'q. Oxirgi o'yindan avvalgi mashg'ulotni alo kayfiyatda tugatdik. Hayriyatki, jarohatlar kuzatilmadi. Ertangi uchrashuvga biz to'liq kuch va tarkib bilan maydonga chiqamiz.

Reyting:    

Fikrlar

   
24 dek 01:25:23
leva8989
Hech bo'lmasa Andijon g'alaba qozonib guruhdan chiqqanda zo'r bo'lardi,lekin Al Ahli kuchli raqib,qiyin masala g'alaba tugul hatto durrang ham.Bizda jamoalar 4ta sayyoh legioner o'rniga 1ta saviyali legioner hujumchi olishni o'rganishi kerak.Hadeb muzqaymoq yeb qaytib kelavemay
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика