PSJ Luis Enrike bilan unikal shartnoma imzolamoqchi. Vaziyat aslida qanday?
24 dek 16:00
Yangiliklar
PSJ Luis Enrike bilan unikal shartnoma imzolamoqchi. Vaziyat aslida qanday?
2025 yilda uning boshchligidagi PSJ deyarli barcha musobaqada zafar quchdi: Chempionlar Ligasi, Franciya chempionati, Kubogi va Superkubogi, undan tashqari UEFA Superkubogi va Qitalararo kubok. Parijliklar ettinchi sovrinni ham o'zlarini qilishlari mumkin edi, biroq Klublar o'rtasidagi JCH finalida "Chelsi"ga imkoniyat boy berildi (0:3).
Rahbariyat murabbiyning ishidan shu qadar mamnunki, unga umrbod shartnoma taklif qilmoqchi. Bu haqida Ispaniyaning AS nashri xabar berdi.
Unikal holat
Yodingizda bo'lsa kerak, Luis Enrike 2023 yilning yozida PSJ boshqaruvini qo'liga olgandi. Murabbiyning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan, biroq klub bosslari uzoq muddatli rejalarni barchasini amalga oshirish uchun bir yarim yil kamlik qiladi, deb hisoblashmoqda.
Rahbariyat barcha muhim masalalarda mutaxassisni to'liq qo'llab-quvvatlaydi. Qo'lga kiritilgan sovrinlar esa tanlangan yo'l to'g'riligini ko'rsatmoqda.
Malumotlarga ko'ra, Doxada o'tgan Qitalararo kubok finalidan keyin PSJdagilar ispaniyalikka chinakamiga unikal taklif bildirish haqida o'ylab qolishgan.
"Klubda ispaniyalik bilan umbrod shartnoma imzolash haqida o'ylashmoqda", — takidlanadi materialda.

"Bizning maqsadimiz — g'alaba"
Hozir Luis Enrike 55 yoshda. Nazarimizda, u chindan ham hali ancha uzoq vaqt Parijda faoliyat olib borishi mumkin — har holda Enrike hech qaerga ketish niyatida emas.
"Olti sovrin — yomon emas, — tabassum bilan gapiradi Enrike "Flamengo"ga qarshi o'yindan keyin. — Bu g'alaba shuni bildiradiki, keyingi yil bizning libosimizda yana bir sovrin aks etgan bo'ladi. Biz o'tgan mavsumda bo'lgani kabi ajoyib o'yin ko'rsata oldik. Maqsadimiz o'zgarmaydi — eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatib, g'alaba qozonishda davom etmoqchimiz", — deya murabbiy so'zlaridan iqtibos keltiradi "Canal Supporters".

Shubhasiz, oxirlab borayotgan yil PSJ tarixidagi eng yaxshisi bo'ldi. Enrike qo'l ostida jamoa tubdan o'zgarmoqda: yangi yosh futbolchilar ochilib bormoqda, jamoa etakchisi Kilian Mbappening "Real"ga ketishini ham klub nisbatan oson boshdan o'tkazdi.
"Parijda barcha menga minnatdorchilik bildirmoqda, lekin bu mening ishim. Biz uchun bunday klubda ishlash sharaf va shu yo'sinda mehnat qilishda davom ettirishimiz zarur. Ajoyib yilni o'tkazdik, biroq bugun kun va kelajakni ham unutmaslik muhim", — dedi murabbiy klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
PSJ futbolchilari individual sovrinlarga ham ega bo'lishdi. Usmon Dembele "Oltin to'p" sohibiga aylangan bo'lsa, Dezire Due "Golden Boy" sovriniga loyiq ko'rildi. Bundan tashqari, aynan "Flamengo"ga qarshi o'yinda seriyada qatorasiga 4 ta penaltini qaytargan Matvey Safonov FIFA rekordini o'rnatdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar