"Atletiko"ning yozgi transferlar oynasidagi bosh maqsadi - "Barselona" xavbeki
04 fev 2020 14:30
Yangiliklar
"Atletiko"ning yozgi transferlar oynasidagi bosh maqsadi - "Barselona" xavbeki
Madridning "Atletiko" klubi "Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich bilan shartnoma imzolamoqchi.
31 yoshli xorvatiyalik futbolchi "matraschilar"ning yozgi transferlar oynasidagi asosiy maqsadidir va klub uni o'z tarkibiga qo'shib olish uchun barcha choralarni ko'rmoqchi.
Rakitichning "ko'k-anorranglilar" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi.
"Kamp Nou" uni bir yil oldin qo'yib yuborishdan manfaatdor, sababi uni tekinga qo'yib yuborgandan ko'ra transferidan pul ishlab olish yaxshiroq.
Ivan joriy mavsum "Barselona" libosida barcha musobaqalarda 24ta o'yinda maydonga tushib, 3ta assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar