"Atletiko" Feliksni 8 mln funtga ijaraga qo'yib yuborishga tayyor (Daily Mirror)
24 dek 2022 14:20
Yangiliklar
"Atletiko" Feliksni 8 mln funtga ijaraga qo'yib yuborishga tayyor (Daily Mirror)
"Atletiko" forvardi Joau Feliks faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
23 yoshli o'yinchi uchun bir yo'la bir necha APL klublari davogarlik qilmoqda.
Ispan klubi o'yinchini hatto mavsum so'nggiga qadar ijaraga berib yuborishga ham tayyor, ammo bunday holatda 8 million funt sterling miqdorida kompensaciya olmoqchi.
Feliks Madridda 2019 yildan beri o'ynaydi. O'shanda ispanlar o'yinchi uchun "Benfika"ga 127 million evro to'lashgan.
Portugaliyalik hujumchi joriy mavsum "Atletiko" safida barcha musobaqalarda 18ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi. Transfermarkt o'yinchini hozirda 50 million evroga baholamoqda.
Uning "matraschilar" bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar