"Yuventus" "Inter" yarim himoyachisini qishda o'z safiga qo'shib olmoqchi
23 dek 22:52
Yangiliklar
"Yuventus" "Inter" yarim himoyachisini qishda o'z safiga qo'shib olmoqchi
"Yuventus" jamoasi qishki transfer oynasida "Inter" klubi va Italiya milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Davide Frattezini o'z tarkibiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda. Jurnalist Nikolo Skiraning X ijtimoiy tarmog'ida xabar berishicha, klublar o'rtasidagi muzokaralar allaqachon boshlanib ketgan.
Manba malumotlariga ko'ra, "keksa sinora" "Inter"ga sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni taklif qilishni mo'ljallamoqda. Bu huquq malum shartlar bajarilganda majburiy tusga kirishi mumkin. Xabarlarga qaraganda, Frattezining o'zi ham allaqachon o'tishga rozilik bildirgan.
Frattezi 2023 yilning yozidan beri "Inter" safida to'p surmoqda. Joriy mavsumda u klub uchun barcha musobaqalarda 14 ta o'yin o'tkazib, ikkita golli uzatma bergan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar