FIFA "Al Nassr"ga qo'yilgan transfer taqiqini bekor qildi
23 dek 21:34
Yangiliklar
FIFA "Al Nassr"ga qo'yilgan transfer taqiqini bekor qildi
Insayder Fabricio Romano xabariga ko'ra, Xalqaro futbol federaciyasi (FIFA) "Al Nassr" klubiga yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga qo'yilgan taqiqni olib tashladi.
Manba malumotlariga ko'ra, tekshiruv natijasida "Al Nassr" endilikda barcha reglament talablariga to'liq javob berishi aniqlangan.
Mazkur cheklov 2025 yil dekabr oyida joriy etilgandi. "Arriyaditah" nashriga qaraganda, bunga sabab "Al Nassr" himoyachi Emerik Lyaportni "Manchester Siti"dan olib kelish bo'yicha to'lovlardan birini amalga oshirmagan — Saudiya Arabistoni klubi 9 million evro to'lashi kerak bo'lgan.
"Al Nassr" safida "Oltin to'p"ning 5 karra sohibi va Chempionlar Ligasining 5 karra g'olibi — hujumchi Krishtianu Ronaldu to'p tepadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar