Vinisius muxlislarning munosabati tufayli "Real"dagi kelajagiga shubha qilmoqda
23 dek 23:34
Yangiliklar
Vinisius muxlislarning munosabati tufayli "Real"dagi kelajagiga shubha qilmoqda
Futbolchi "Real" muxlislari sabab klubda qolishga ikkilanmoqda.
"Real"ning qanot hujumchisi Vinisius Junior klub bilan hamkorlikni davom ettirishga ikkilanmoqda. Braziliyalik futbolchi ilk bor "oq kiyimlilar" muxlislarining bir qismi uni qo'llab-quvvatlamayotganini his etdi. Bu haqda El Chiringuito xabar bermoqda.
Manba malumotiga ko'ra, hozirda 25 yoshli futbolchi "Qirollik klubi" bilan 2027 yil yozida tugaydigan mehnat shartnomasini uzaytirish masalasida aniq bir qarorga kela olmayapti.
Eslatib o'tamiz, "Real" muxlislari La Liganing "Sevilya"ga qarshi o'yinida (2:0) Vinisius almashtirilgandan so'ng, u maydonni tark etayotganda unga nisbatan hushtak chalishgan.
Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi barcha musobaqalarda 24 ta o'yinda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar